Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Jonas Brothers
amerikalik pop-rok guruhining disklari nafaqat d o ‘konlarda balki kiyim 
do‘konlarida ham sotilishi bilan boshqalaridan farqlanadi. Yangi tovar 
uchun yangi sotish kanalini yaratish korxona uchun katta foyda keltiradi. 
Masalan, Amazon kompaniyasi o ‘z mahsulotlarini onlayn tarzda sotish 
uchun amazon.com saytini yaratgan.
Tovar sotishdagi servis orqali pozitsiyalashtirish ham muhim aha- 
miyatga ega. Pozitsiyalashtirishning bu turida xaridorlarga k o ‘rsatiladi- 
gan xizmatlarga e’tibor qaratiladi. Masalan, xaridor qaytarib olib kelgan 
tovam i hech qanday so ‘rovlarsiz qaytarib olish, sotib olish uchun kelgan 
xaridom i choy, kofe, qulay stulga taklif qilish, haftaning barcha kunlari- 
da ochiq bo ‘lish kuniga 24 soat ishlash kabilarning hammasi servisga 
misol bo‘ladi.
Samarali pozitsiyalashtirish siyosati quyidagi bosqichlami o ‘z 
ichiga oladi:
140


1) Bozorni tahlil qilish
- talabning geografik jihatdan tuzilishini o ‘matish;
- turli xil bozor segmentlari hajmi va potensialini o ‘matish;
- xaridorlaming ehtiyoj lami aniqlash va raqobatchilar tovariga nis­
batan munosabatini o ‘matish.
2) kompaniyaning ichki sohasini tahlil qilish
- kompaniyaning resurslari, kamchiliklari, maqsadlari va imkoniyat- 
larini aniqlab olish;
- xizmat ko ‘rsatish uchun bir nechta segmentlami tanlash,
3) raqobatchilarni tahlil qilish
- raqobatchilarning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;
- pozitsiyalashtirishning bir qancha muqobil variantlarini tahlil etish.
Bozomi pozitsiyalashtirishni to‘g ‘ri tashkil etilishi marketing rejasi va
kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti bo‘lib hisobla-nadi.
7.6. Bozorning potensial segmentini aniqlash
Bozoming segmentatsiyasi - ommaviy bozorlami o‘xshash ehtiyoj­
lar va istaklar bilan guruhlarga b o ‘lish jarayonidir38. Segmentlarga b o ‘li- 
nishning mantiqiy asoslari - kompaniyalaming raqobatbardosh ustunlik 
va yuqori natijalarga erishishidir:
• firma sanoat talabining segmentlarini aniqlashi;
• maxsus talab segmentini maqsad qilishi;
• har bir maqsadli bozor segmenti uchun "marketing aralashmasi" 
ni rivojlantirishi lozim.39
Biznes-tarixchi Richard S. Tedlou bozor segmentatsiyasining 
evolyutsiyasida to ‘rt bosqichni ajratib ko ‘rsatadi:
1.Fragmentatsiya (1880-yilgacha): Iqtisodiyot mahalliy yoki minta- 
qaviy miqyosda mahsulot sotuvchi kichik hududiy yetkazib beruvchilar 
bilan tavsiflangan.
2.Birlashma yoki ommaviy marketing (1880-1920-yillar): transport 
tizimlari rivojlangani bois iqtisodiyot birlashtirildi. Standartlashtirilgan 
markali mahsulotlar milliy darajada taqsimlangan. Ishlab chiqaruvchilar
1S Pride, W., Ferrell, O .C .. Lukas, B .A., Schem bri, S., N iininen, O. and Cassidy, R., 
M arketing
P rin cip les,
3rd A sia-Pacific ed, C engage, 2018, p. 200
'4
M adhavaram , S.. & Hunt, S. D ., "The Service-dom inant Logic and a H ierarchy o f O perant 
Resources: D eveloping M asterful O perant R esources and Im plications for M arketing Strategy, 

J o u rn a l O f The A ca d em y O f M arketing Science.
Vol. 36, No. 1, 2008. pp 67-82.
141


mahsulot hayotining dastlabki bosqichlarida bozorlarga kirib borish 
uchun ijobiy masshtab samarasiga erishish uchun qat’iy standartlash- 
tirishni talab qilganlar.
3.Segmentatsiya (1920-1980-yillar): bozor miqdori oshgani sayin, 
ishlab chiqaruvchilar turli xil demografik va psixologik bozor segment- 
larining ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil sifatli nuqtalarda turli 
modellami ishlab chiqarishga muvaffaq b o iish di. Bu demografik, 
ijtimoiy-iqtisodiy va turmush tarzi omillariga asoslangan bozomi farq- 
lash davri.
4.Giper-segmentatsiyalash (1980-yillar): bozoming yanada tor seg- 
mentlarini belgilashga o‘tish. Texnologik rivojlanish, xususan, raqamli 
aloqa sohasida marketologlar shaxsiy iste’molchilar yoki juda kichik 
guruhlar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bu b a ’zan yakka 
tartibdagi marketing sifatida tanilgan.40
Bozor segmentatsiyasining amaliyoti bozorchilar tomonidan nazariy 
darajada o‘ylanmasdan oldin paydo b o ig a n .41

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin