Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi «makroiqtisodiyot»



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/13
tarix26.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#161766
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Doston


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTET
IQTISODIYOT KAFEDRASI
«MAKROIQTISODIYOT» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Soliqlarning makroiqtisodiy roli va mohiyati


Bajardi: Otojonov Doston Hayitboyevich 221\9-guruh
Ilmiy rahbar: __________ __________________
(imzo)


Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2023y.
Baho “_____” ___________

Urganch – 2023 yil

MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………..
I.Bob Soliq atamasiga qarashlar va makroiqtisodiymohiyati . …………………
1.1 Soliq atamasiga nisbatan turli xil qarashlar…………………………………….
1.2 Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va ob’ektiv zarurligi……………………
II.Bob. Soliqlarning funksiyalari va mamlakatimizda soliq islohotlari………..
2.1 Soliqlarning funksiyalari va tamoyillari…………………………………………
2.2 Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari…………………………….
Xulosa……………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……………………………………………..
KIRISH:

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning jamiyat hayotidagi rolini oshib borishi bilan davlat byudjeti daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog’liqdir. Soliq bozor konyukturasini boshqarishga o’ziga xos vosita hisoblanadi. Soliq vositalari orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo’lsa ularni inqiroz holatiga tushib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. Shu bois moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va ularni to’g’ri yo’naltirish, samaradorligini oshirish, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq munosabatlari muhim rol o’ynaydi. Soliq siyosatini oqilona yuritish nafaqat makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, balki mukammal byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish mumkin bo’ladi. Shu nuqtai-nazardan mazkur kurs ishi mavzusi dolzarbdir.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin