Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi «makroiqtisodiyot»


SOLIQLARNING MAKROIQTISODIY MOHIYATI VA OBYEKTIV ZARURLIGI



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə5/13
tarix26.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#161766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Doston

2.2 SOLIQLARNING MAKROIQTISODIY MOHIYATI VA OBYEKTIV ZARURLIGI.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi.
Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni obyektiv zarur qilib qo‘yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat
mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo‘lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy
mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish, ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning tutgan
o
‘rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin