Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 180,44 Kb.
səhifə13/17
tarix11.10.2023
ölçüsü180,44 Kb.
#153941
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
MEHMONXONALARDA VIRTUAL AXBOROT TIZIMI kurs ishi

2.1.1-rasm


56
Iqtisodiyotida muhim o’rin egallab bormoqdaki, uning izchil rivojlanishida mexmonxona industriyasi ham takomillashib bormoqda.
Chunki turizm industriyasi u bilan chambarchas bog’langan mehmondorchilik biznesining omili bo’lgan mehmonxonalar xo’jaligi hisoblanadi. Chunki hozirgi vaxtdagi turizmning jadal ravishda rivojlanishi mexmonxonalar rivojlanishining mo’ljali bo’lib hisoblanadiki, unga bog’liq vazifalarni bajarishda xizmat ko’rsatishning sifatini, ayniqsa mexmonxonalarda xizmat ko’rsatish sifatining darajasini ko’rsatish zarur ekan.
7Mehmonxona xo’jaligi o’ziga butun bir kompleks xizmatlarni oladiki, bular yurtimizdagi tashqi va ichki turizmning rivojlanishida, xalqaro turizm bozorida raqobatdosh bo’lishligini bosh omili hisoblanadi. Turistik mehmonxona kompleksi murakkab korxonalardan hisoblanib, ularda yuzlab hodimlar turli mutaxassislikda mexmonxonalarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ish faoliyati olib boriladi.
Mehmonxona xo’jaligining eng asosiy funksiyasi bo’lib, mehmonxonalarga vaqtinchalik yashash joyini berishdir.Mehmonxona korxonasi o’zining sig’imi, ya’ni nomerlar soni, yashash joyi bilan farqlanadilar. Uning tashkiliy tuzilmasi uning nimaga mo’ljallanganligidan, joylashgan joyidan, qabul etilgan mexmonxonalar turidan va boshqa faktorlarga bog’liq bo’ladi.
Mehmonxona tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, undagi hodimlarning har biriga turlicha majbiriyat va huquqlar berib, unga quyidagi xizmatlar: mexmonxonalarni qabul qilishi va joylashtirish, nomer fondiga xizmat ko’rsatish, umumiy ovqatlanish, xavfsizlikni ta’minlash, muxandislik-texnikaviy, savdo, marketing va yordamchi, qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish kiradi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatish sohasida turizm industriyasi, davlatimiz iqtisodiyotida muhim o’rin egallab borayotganligi va uning izchil rivojlanishida mexmonxona industriyasi ham takomillashib borayotganligini tasdiqlaydi.
Mehmonxonalar industriyasining rivojlanishida vujudga kelgan turli vazifalarning: zamonaviy mehmonxonalarni, turistik komplekslarni tashkil etish, yuqori darajada ularda servis xizmat ko’rsatishda, hodimlarga kasbiy bilim va doimiy uni takomillashtirish talab etiladi.
Bundan tashqari jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hududning iqtisodini samarali rivojlantirish, infratuzilmani tubdan yaxshilash, tadbirkorlik, milliy hunarmandchilik mehmonxona biznesi, milliy taom va xalq san’atini taraqqiy ettirish, yuzminglab ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishda turizm yetakchi soha hisoblanadi. Bugungi kunda jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlar iqtisodining asosiy tarmog‘ini turizm tashkil etmoqda.
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan turizmga katta
e’tibor berilib, bir yil ichida bu sohaga oid 30 ga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjatlar
qabul qilindi. 
O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga, ya’ni
sohaga xizmat qiluvchi 7400 dan ortiq tarixiy madaniy meroslarga, yuzlab tabiiy
landshaftlarga hamda minglab zamonaviy turistik maskanlarga ega.
Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda turizm ko`pgina rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotining fundamental asosi bo`lib qolgan davrda, ya`ni dunyo mamlakatlarida xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-80 % tashkil etganda, bu sohada iqtisodiyotda band bo`lgan aholining` qariyb 70 % mehnat qilayotgan va aholining iste’mol xarajatlari tarkibida bu sohada 60 %ni tashkil etganda baholang bu ko`rsatgich bizda 10-15 %ni tashqil etish ajablanarli holdir. Butun dunyo turistik tashkilotning (BTO) ko`rsatkichi bo`yicha 1950 yili dunyoda jami xalqaro turistlar soni 25 mln bo`lgan bo`lsa, 2000 yilda kelib bu 698 mln. dan oshib ketib, turizmdan keladig`an kirim 478 mlrd AQSH doll. teng bo`ldi.
Faqatgina turizm yigirmanchi asr oxirida dunyo iqtisodiyotiga yalpi xizmat ishlab chiqarish 3.5 dollarga, ya`ni dunyoda ishlab chiqarilgan yalpi ichki maxsulotning 10.9 %ini tashkil etib, davlatlar soliq kirimi 302mlrd. doll. olib kelgani bunday iqtisodiyotning fundamental asosligini bildirayapti va bu miqdor yanada kengayib ketayotganligini turizmning haqiqatan, BTO ning prognozi bo`yicha dunyo bo`yicha 2010 yili 1 mlrd turistlar kelib ketishi, shundan 546 mln. Markaziy va Sharqiy Yevropa, hamda MDH va Boltiq bo`yi davlatlariga to`g’ri kelishini va turizimda ishlab chiqarishida band bo`lgan odamlarning o`n beshdan biri band bo`lib, uning soni 260-280 mln ga yetganligini ko`rishimiz mumkin.



Yüklə 180,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin