Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta
8.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tabiyalashning o‘ziga xosliklari. Reja: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash. 2.Tabiatga muhabbat ruhida bolalarni tarbiyalash Bolalar bog’chasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash quyidagilarni o’z ichiga oladi: - tabiatga insoniy munosabatni tarbiyalash (axloqiy tarbiya); -ekologik bilim va g’oyalar tizimini shakllantirish (intellektual rivojlanish); -estetik tuyg’ularni rivojlantirish (tabiat go’zalligini ko’rish va his qilish, unga qoyil qolish, uni saqlashga intilish); -bolalarning o’simliklar va hayvonlarga g’amxo’rlik qilish, tabiatni muhofaza qilish va himoya qilishlari mumkin bo’lgan tadbirlarda ishtirok etishi.Bolalarni ekologik tarbiyalashning asosiy yo’nalishlari va ta’lim sohalari :
Jismoniy rivojlanish
Kognitiv va nutqni rivojlantirish
Badiiy va estetik rivojlanish
Ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish
Jismoniy madaniyat
Sog’lik Badiiy ijod
Muloqot
Musiqa
Badiiy o’qish
Idrok istiqbollari Ijtimoiylashtirish
Mehnat xavfsizligi.
2. ta’lim yoshidagi bolalarga tabiat olami, undagi voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida aniq bilimlar berish. 2. Bolalarda tabiat, uni asrab-avaylash, uning boyliklarini oshirishga oid faoliyatni shakllantirish. 3. Bolalami respublikamizning tabiatini qo‘riqlash, uni asrabavaylash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish.
Maqsad. Bolalarning o‘simlik va hayvonlami himoya qilish, hamda ularning barchasi kishilaring yordamiga, g‘amxo‘rligiga muhtojligi haqidagi tasavurlarini aniqlash. 0 ‘simlik, hayvonlar haqidagi tasawurlarini mustahkamlash, hayvonot va o‘simliklar dunyosini ehtiyot qilish zarurligini tushuntirish. Suhbat uchun kerakli materiallar. Tabiat haqidagi, qo‘riqxona haqidagi rasmlar. Suhbatning borishi. Suhbatni quyidagi savollar bilan boshlaeh mumkin: Biz xiyobonni nega sevamiz? 0 ‘rmon, dalani-chi? Daryo119 ni-chi? 0 ‘simliklaming o‘sishi uchun nimalar kerak? Bolalar o‘rmonda o‘zlarini qanday tutishlari kerak? Biz qushlarga qanday g‘amxo‘rlik qildik? Keyin respublikamizning boshqa yerlaridagi yowoyi hayvonlar, parrandalar va hayvonlami asrash haqida so‘zlab berish, bolalar bilan rasmlar ko‘rish mumkin. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o‘simlik va hayvoniarga g‘amxo‘rlikni tarbiyalash va shular orqaU tabiatga qiziqish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko’paytiruvchi kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalami amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati katta. Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki uni bolalar har kuni ko‘radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlami sistemaU ravishda kuzatib, parvarish qilib boradilar. Natijada o‘simlik va hayvonlar dunyosining rangbarangligi, ularning o‘sishi, rivojlanishi, ular uchun qanday sharoit kerakligi to‘g‘risidagi tasawur va tushunchalami egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarda solishtirish malakasini shakllantiradi. Hayvon va o‘simliklami bir-biri bilan solishtirish orqali ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlami, ularga xos belgi va xususiyatlami bilib oladilar. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklaming chiroyli gullashiga, barglaming shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko‘rinishi va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go‘zalliklarni ko‘zlari bilan ко‘rib, qalblari bilan his etadilar, ularning estetik didi o‘sadi. Bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlami tarbiyachi rahbarligida kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida tabiatga ehtiyotkorlik munosabatlari shakllanadi. Ularda tabiatni yanada gullab-yashnashi uchun o‘z hissasini qo‘shish, bundan tashqari qo‘ldan kelgan mehnati bilan bu jarayonda qatnashish xohishini uyg‘otadi.Ekologik tarbiya asosan tabiat haqidagi tasavvurni shakllantirsh orqali tabiat bilan tanishtirish mehnat mashg`ulotlarida berib boriladi. "Uchinchi ming yillikning bolasi"dasturida berilgan mavzularga qo’shimcha qilib, o’lkamizga xos jonli va jonsiz tabiat, o’simliklar va xayvonot dunyosi h aqida tasavvurlar shakllantirib boriladi. Bogchalarda ekologik talim bo’yicha olib borilayotgan ishlar birinchi kichik guruhdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablari shu talablar asosida tuzilgan " Uchinchi ming-yillikning bolasi " tayanch dasturi (2000 y) asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha talim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturning "bolalarni jismoniy rivojlantirish", "bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish", "manaviy-madaniy y etuklik" bo’limlarida o’z aksini topgan.Dastur bolalarning yoshi, psixologik hamda fiziologik xususiyatlariga mos ravishda aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik talim-tarbiya berishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan.