29
O`rgan uning bilimin, Borgin uning sari.
Qutlug’ ishga bo’ysungin, Kibrni quv nari. ( IIt. 161-162)
Aqlli odamning zexni o’tkir bo’ladi, u xar qanday o’git-nasixatni
xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning pastda ovni ko’rgandagi tezlik
bilan sho’ng’ishiga o’xshatadi. Oqil odam zexnining
tezligi kush parvoziga
qiyoslanadi:
Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar,
Olim kishi o’git bersa, darxol uqar. (III t.53)
Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan.
«Devonu lug’atit turk» asarida insoniy fazilatlarning
ajralmas qismi
xushxulqlik alohida ajratib ko’rsatiladi. Har bir inson egallashi lozim bo’lgan
ezgulik-yaxshilik, umum manfaati uchun mexnat
qilish hushxulq insonga xos
fazilat ekanligi o’qtiriladi:
Ulug’liging oshsa agar. Xushxulq bo’lg’il.
Bek yonida xalq uchun Xo’b ish qilg’il.(I t.95)
Kishilar o’rtasidagi
totuvlik, axillikning
muximligini xam quyidagicha
ifodalaydi:
Qo’ni-qo’shni, qarindosh Ko’rsin sendan yaxshilik.
Ne-ne sovg’a qilishsa Yaxshirog’in qil tortiq. (I t. 137)
Yana bir she’riy parchada shoir inson faqat o’zini o’ylamasligi,
o’zgalar manfaati uchun ham xarakat qilishi lozimligini aytadi: