27
Bu misralar orqali ijodkor hayot haqiqatlarini bayon qiladi.
Hamma
davrlarda ham mamlakat boshqaruvi, davlat boshqaruvi mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan
insonlarga berilgan. Chunki, boshqa insonlar uning boyligi uchun unga
bo‘ysunganlar. Yuqoridagi misralarda ham shu ma’no ifodalangan:
Kimning moli ko‘paysa, u boshqalardan ko‘ra
davlatni idora qilishga
loyiqroq bo‘ladi.Molsiz qolgan bek odamsiz qiynaladi,
odamlarni qovushtira
olmaydi.Chunki odamlar uning moli uchun xizmat qiladilar.
Bardi eran qo‘nuq,
Bo‘lub qutqa saqar.
Qaldi alig‘ uyuq,
Ko‘rub evni yiqar.
Bu misralarda shoir biroz kesatib yozadi. Chunki, ijodkor yashagan davrda
ham hozirda ham mehmonni xushlamaydigan insonlar uchrab turadi. Ammo
mehmon kelsa eshikdan
rizqi kelar teshikdan , deyilgan. Doimo qo‘li ochiq,
bag‘rikeng bo‘lmog‘imiz lozim.
Emgaksizin turg‘u yo‘q munda tamu,
Ezgulugun ko‘rmazib ajun chiqar.
Bu dunyoda kishining mashaqqatsiz turishi hech mumkin emas.Biror
yaxshilik ko‘rmay turib, inson dunyodan o‘tadi.
Yuqoridagi bayt orqali hayotda mashaqqatlarga inson ko‘p
duch kelishi,
mashaqqatsiz hayot yo‘qligi va umrning o‘tkinchiligiga ishora berilgan.
Dostları ilə paylaş: