O‘zik meni qumitti
Saqinch mena jumitti
Ko‘nlum anar emitti,
Juzum menin sarg’arur.
Bu baytda shoir seviklimga bo‘lgan shavq va muhabbat meni hayajonga
soldi. Qayg‘ular menga to‘plandi. Ko‘nglim unga moyil bo‘lgani uchun yuzim
sarg‘aymoqda deya, o‘zining yor hajrida zabun bo‘lgan holatini she’riy misralar
orqali tasvirlashga harakat qiladi.
Aydum anar sevuk,
Bizni taba ne eluk,
Kechtin yazi kerek
Qirlar eziz bezuk.
Bu baytda esa Mahmud Koshg‘ariy seviklisini ko‘rish haqida
aytadi:ey,seviklim, bizning tomonga qanday o‘tding-u, uzun cho‘llar,buyuk
18
qirlarni qanday kechding,dedim, deydi. Bu murojaat orqali, yoridan bu yerlarga
qanday qilib kelib qolgani, mashaqqatlarni qanday yengib o‘tganini so‘raydi.
Igladi mening azaq,
Ko’rmazib o’g’ri tuzaq,
Ikladim andin uzaq,
Emlagil emdi tuzaq.
Yashirin tuzoqni ko’rmay, mening oyog’im ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey
seviklim, endi o’zing davola.
Yig‘lab uzu artadim,
Bag‘rim bashin qartadim,
Qachmish qutug‘ irtadim,
Yag‘mur ko‘ni qan sachar.
Shoir aytadiki:sevgilim orqasidan yig‘lab ishdan chiqa yozdim, bitib qolgan
bag‘rim yarasini qaytadan tirnadim, ketgan baxtni qidirdim, ko‘zim yomg‘irday
qon sochadi. Haqiqatdan hajr azobi oshiq uchun juda mashaqqatli bo‘lib, bu azobni
yengish oshiqdan juda katta matonatni talab qiladi. Ishq yo‘li shunday uzoq va
mashaqqatli yo‘lki, bu yo‘ldan faqat o‘ziga ishongan, qiyinchiliklardan
qo‘rqmaydigan insonlargina eson-omon chiqishi va yor vasliga musharraf bo‘lishi
mumkin.
Biz “Devoni lug‘otit turk” asarida bu kabi ishq-muhabbat talqin qilingan
she’rlarni juda ko‘plab uchratishimiz mumkin va ularning har biri katta e’tiborga
molik she’rlardir , shu sabab bular Mahmud Koshg‘ariyning yetuk ijodkor
ekanligidan dalolat beradi.
|