13
geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim
shaharlar va qabilalar qayd etilgan.
Yanada
muhimi shundaki, "Devoni lug‘atit turk" asarida o‘sha davrning
ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks
ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi
yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy
muammolar, binobarin,
boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan.
Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining
qarashlari olam,
xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi
mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi.
Bilim va boylik go‘yoki atirgul va nargis kabi
Gullamaydi gar tursalar yonma yon.
Kimdaki boylik bisyor, uning bilimi yo‘qdir,
Kimdaki bilim bo‘lsa - boyligi yo‘q hisobi.
Qadimiy turkiy she'riyatda tilga olingan ushbu muammo - bilim va
boylikning bir-biriga zidligi to‘g‘risidagi tushuncha o‘sha
davr uchun dolzarb
ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu masala sharhi o‘rta asrlardagi ko‘plab shoirlar,
olimlar, mutafakkirlar merosida uchraydi. Ayni paytda u turkiy til va adabiyotining
asoschisi - Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida alohida o‘rin egallaydi.
Mahmud Qoshg‘ariy voqelikni jonli bo‘ yoqlarda aks ettiradi, unumli hayot
kechirish, insofli bo‘lish, ilm egallash, barcha quvonchlardan bahramand bo‘lishga
da'vat etadi.
8
Dostları ilə paylaş: