Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə11/12
tarix20.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#164363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mersedes.

Sugʻorish. Tokzorlarni sugʻorish, sugʻorish manbaalari (daryo, koʻl, suv va omborlar va h.k.), suvni taqsimlovchi bosh qurilmalar, magistral va sugʻorish kanallari, vaqtinchalik sugʻorish shaxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Vegetatsion sugʻorishni shartli ravishda yuza sugʻorish, yer ustidan sugʻorish, yer ostidan sugʻorish, tomchilatib sugʻorish kabi turlarga ajratish mumkin. Yuza sugʻorishda suv tokzorga, asosan egatlar, shuningdek, chuqur ariqlar, xalqalar orqali beriladi. Yer ostidan sugʻorishda suv yerga 40-50 sm chuqurlikda koʻmilgan teshikli quvurlar orqali ildiz joylashgan qatlamga beriladi. Tomchilatib sugʻorishda suv maxsus qurilmalar orqali bevosita har bir tok tupiga tomchi usulida beriladi. Egatlab sugʻorish Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Egatlar soni tok qator orasining kengligi, tupning yoshiga qarab 1-3 ta boʻlishi mumkin. Yosh tokzorda Mersedes tok egatlar tupning ikki tomonidan, hosilga kirgan tokzorlarda unga qoʻshimcha qilib qator orasining oʻrtasidan tok tupidan 0,5 m qochirib, 15-25 sm chuqurlikda olinadi. Egatlarning uzunligi va chuqurligi yerning qiyaligi, tuproq xiliga bogʻliq. Yosh tokzorlar oʻsish davrida 9-10 martagacha (aprelda 1, may, iyunda 2 martadan, iyulda 2-3 marta, avgustda 2 marta), hosilga kirgan tokzorlar esa, odatda aprelda, gullashdan 5-10 kun oldin, gullashdan keyin (iyun oyining oʻrtalarida), gʻoʻralar jadal rivojlanayotgan davrda (kechpishar nav- larda iyulda) sugʻoriladi. Hosil terishdan 15-20 kun oldin sugʻorish toʻxtalishi lozim, aks holda gʻujumlar liqildoq boʻlib sifati buziladi. Oxirgi sugʻorish tok qismlaridagi namlikni saqlash hamda tok tuplarini qishga koʻmishni qulaylashtirish maqsadida toklarni koʻmishdan oldin (noyabr) beriladi. Sugʻorishning bu usuli oddiy, kamxarj boʻlsada, ammo, bunda suv koʻp sarflanadi, koʻp mehnatni talab qiladi. Tomchilatib sugʻorish, tokzorlarni sugʻorishning zamonaviy, yangi usulidir. Chet mamlakatlarda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ham qoʻllaniladi. Boshqa sugʻorish usullaridan tubdan farq qiladi. Ayniqsa, suv kamchil, sugʻorishning boshqa usullarini qoʻllash qiyin boʻlgan hududlarda katta ahamiyatga ega. Uning boshqa sugʻorish usullaridan afzalligi shundaki, bunda suv har bir oʻsimlikka belgilangan miqdorda avtomatlashtirilgan tarzda beriladi. Tomchilatib sugʻorish tizimiga maxsus suv havzasi, suv bosimini hosil qiladigan minora, suv oʻtkazuvchi quvurlar, ular orqali suvni bosim bilan haydovchi nasoslar, suvni kerakli miqdorda tomchilab oqishini tartibga soluvchi uchliklar va h.k. kiradi. Havzadagi suv bir sutka davomida yaxshilab tindirilishi lozim. Sugʻoriladigan tokzorning har bir qatori boʻylab temir-beton ustunlar va pastki simbagʻazga polietilan quvurchalar osib bogʻlanadi va har bir tok tupiga beriladigan suv miqdorini suv belgilangan miqdorda tartibga soluvchi suv tomizgichlar oʻrnatiladi (ularning soni tokning yoshi, tuproq mexanik tarkibiga qarab 1-2 ta boʻlishi mumkin). Suv tomizgichlar bevosita tuproq yuzasiga, tok tanasiga yaqin qilib joylashtirilishi ham mumkin. Sugʻoriladigan tokzorga tuproq namini qayd etuvchi oʻlchov asbobi oʻrnatilib, u butun tizimni ishga tushiruvchi hamda toʻxtatuvchi pultga ulangan boʻladi. Agar tuproq nami kerakli darajadan kamayib ketsa, tizim avtomatik tarzda ishga tushib, suv tomchilagichlar orqali oʻsimlikka kela boshlaydi. Tuproqning namligi belgilangan darajaga yetgach, tizim avtomatik tarzda toʻxtaydi. Suv sarfi, sugʻorishning davomiyligi va vaqti tuproqning mexanik tarkibi, tokning yoshi, nav xususiyatlariga qarab belgilanadi. Mexanik tarkibi oʻrtacha va ogʻir tuproqli yerlarda suv sarfi 4-9 l/soatni tashkil etadi. Tuproq namligi esa 70-80% atrofida ushlanib turilishi lozim. Tomchilatib sugʻorishda suv sarfi egatlab sugʻorishga nisbatan 35-40% tejaladi, hosildorlik esa 25-80% gacha oshadi. Ayniqsa, togʻ yonbagʻrlarida tuproq eroziyasi xavfi tugʻilmaydi, shoʻrlangan yerlarda asosiy ildizlar joylashgan qatlamda tuzlar deyarli toʻplanmaydi, avtomatlashtirilish hisobiga mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlik yuqori boʻladi. Ketgan xarajatlar 1-2 yil davomida qoplanishi mumkin. Bu usulning eng nozik tomoni sugʻorish uchun ishlatiladigan suv oʻta toza va tiniq boʻlishi kerak. Aks holda, tizim tez ifloslanib, yaxshi ishlamasligi, hatto toʻxtab qolishi mumkin. Tokning suvga boʻlgan ehtiyoji turli davrda turlicha boʻladi. Shuning uchun vegetatsiyaning birinchi davrida tup- roq namligini dala suv sigʻimidan 70-80%, ikkinchi davrida esa 60-65% darajadasida saqlab turish kerak. Oʻsish davomida hosildor tokzorlarni ogʻir tuproqlarda 2-4 marotaba, suvni tutib qolish qobiliyati past tuproqlarda (qumli, toshloq) 7-9 marotaba sugʻorish kerak. Sizot suvlari yuzada joylashgan tuproqlarda sugʻorishlarni tuproq namligiga koʻra oʻtkazish kerak. Sugʻorishni miqdori va uni boshlash tuproq namligiga koʻra belgilanadi. Birinchi oʻsish davrida sugʻorish muddati tuproq, ob-havo, shuningdek qishki suv berishga bogʻliq boʻlib, may–iyun oyida oʻtkazilishi mumkin. Ogʻir soz tuproqlarda oʻsish davrida bitta sugʻorish gektariga 700-800 m³, yengil qumoq, shuningdek toshloq tup- roqlarda 400-500 m³ tashkil etadi. Kuz-qish davrida gektariga 1200-1500 m³ hisobidan zaxira suv beriladi, bunda tuproq 1,5-2 m chuqurlikkacha namlanishi kerak. Bunday miqdorda 2-3 marotaba sugʻorishdan keyin tuproqda koʻp miqdorda suv zaxirasi toʻplanadi. Bu sugʻorishlar oʻsimlikni oʻsish davrining birinchi yarmida nam bilan taʼminlaydi. Oʻsish davrida sugʻorishlar sonini bittaga qisqartirish mumkin. Bahorgi yomgʻirlardan, shuningdek har bir oʻsish davrida sugʻorishdan keyin tuproqning yetilishiga qarab namni saqlab qolish maqsadida tok qator oralarini oʻz vaqtida va yuqori agrotexnika darajada yumshatish zarur. Tok novdalarining oʻz vaqtida yetilishi, oʻsimliklarning qishga tayyorlanishi va hosilning pishishi uchun sugʻorishni shimoliy tumanlarda sentabr boshida, janubiy tumanlarda sentabr oʻrtalarida toʻxtatish kerak. Yogʻingarchilik 600 mm dan kam boʻlmaydigan togʻ-togʻoldi mintaqasida tokni sugʻormasdan oʻstiriladi. Lalmi va shartli sugʻoriladigan tokzorlarda yomgʻir suvlarini toʻplash uchun yomgʻirdan keyin kuzda yer chuqur haydaladi va yumshatiladi. Nishab yerlarda tomchilatib sugʻorish samaralidir, bu boshqa ekinlar yetishtirish uchun yaroqsiz yerlarni qishloq- xoʻjalik hisobiga kiritish imkonini beradi, tuproq eroziyasini pasaytiradi, shuningdek egatlab sugʻorishga nisbatan suvni 40-50% ga tejaydi.

XULOSA

Mersedes uzum navining hosildorligi boshqa uzum navlariga qaraganda ancha yuqori bo’ldi. Oʻzbekiston sharoitida toklarni sunʼiy sugʻorish muhim va zarur tadbirlardan hisoblanadi. Tuproq (edafik) sharoiti Tok uchun tuproq sharoiti eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Tokzorlarni barpo qilishda tuproq bonitirovkasi, yaʼni tuproqning granulometrik va kimyoviy tarkibi, skeleti, karbonatliligi, shoʻrlanganlik darajasi inobatga olinadi.Oʻzbekiston sharoitida tok uchun mexanik tarkibi yengil, qumoqli, unumdor va sugʻoriladigan yerlar qulay.


Oʻzbekistonda boʻz va oʻtloq-boʻz, oʻtloq tuproqlar tok oʻstirish uchun qulay hisoblanadi. Tuproq qatlami 50-60 sm dan kam boʻlmagan tosh-shagʻalli yerlarda ham sifatli hosil yetishtirish mumkin. Tokzor uchun yer tanlashda shamol yoʻnalishi va davriyligiga ham ahamiyat berish zarur.
Yerni tok ekishga tayyorlashda bir qator tashkiliy va agrotexnika tadbirlar (yerni begona oʻtlardan va boshqa oʻsimlik qoldiqlaridan tozalash, yerni tekislash, organik va mineral oʻgʻitlar solish, sugʻorish shaxobchalarini belgilash kabilar) amalga oshiriladi.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin