Mavzuning dolzarbligi. Yangi va serhosi uzum navlarini har bir iqlim tuproq sharoitiga moslab tanlash, ularning agrotexnologiyasini o’rganish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, 1 gektar xoʻraki uzum yetishtirish uchun oʻrtacha 100 million soʻm xarajat qilib, toʻrt yildan keyin yiliga 250 million soʻm sof foyda olish mumkin. Shuningdek, uzum danagidan olinadigan bir kilogramm yogʻning jahon bozoridagi narxi – 10-15 dollar boʻlib, Oʻzbekistonda bir yilda 1,5 ming tonna yogʻ ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. 1 gektar gʻalla maydonida 2 kishi band boʻlib, koʻpi bilan 20 million soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilsa, uzumchilikda, ayniqsa, shpaler usulida 10 nafargacha aholini doimiy va mavsumiy band qilish va 300 million soʻmlik mahsulot ishlab chiqarib, oʻrtacha 25 ming dollarlik eksport qilish mumkin. Bundan tashqari, uzum koʻchati 4-5 yillik boʻlganicha oraliq ekin ekish orqali yana millionlab soʻm daromad koʻrish mumkin. Xususan, ayrim hududlarda yirik tokzorlar maydoni 7 ming gektarga kamaygan. Misol uchun, Qashqadaryoda 2,5 ming gektar, Namanganda 2,4 ming, Surxondaryoda 1,2 ming, Andijonda – 645 gektar. Aksincha, Jizzax, Qoraqalpogʻiston va Fargʻonada tokzorlar maydoni koʻpaygan.
Bizning oldimizdagi vazifauzum navlaridan yuqori va sifatli mevalar yetishtirish uchun ularning sug’orish tartibini va agrotexnik tadbirlarni chuqur o’rganish.
Tadqiqot obyekti. Tadqiqot obyekti sifatida PSU va EAITI Xorazm tajriba stantsiyasiga qarashli maydonlarda ekiladigan uzum maydonlari asosiy obyekt qilib belgilandi.
Tadqiqot predmeti. Rizamat navini nazorat variant sifatida olib, Mersedes uzum navi to’g’risida ma’lumot berish, o’rgatish va qiziqtirish asos bo’lib hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi sharoitida Mersedes uzum navining hosildorligiga suv, ozuqa elementlari va o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’sirini o’rganish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi. Tadqiqot davomida quyidagi vazifalarni hal qilish ko’zda tutilgan:
Xorazm viloyati sharoitida ekilayotgan Mersedes uzum navining hosildorligiga suv va ozuqa elementlarini ta’siri;
Xorazm viloyatida ekilib kelinayotgan Mersedes uzum navida o’tkazilgan agrotexnik tadbirlarni ta’sirini o’rganish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat.
sug’orish tartibini tok hosildorligiga ta’sirini o’rganish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarish;
mavzuga oid asosiy adabiyotlarni o’rganish va taxlil qilishdan iborat.