2.1. Talabalarni darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor savol javob o’tkazadi.
1. Faza va liniya kuchlanishi nima?
2. Faza va liniya toki nima?
3. Neytral simni ahamiyati haqida ma’lumot bering?
2.2. O’qituvchi vizual materialdan foydalangan xolda ma’ruza o’qishni davom ettiradi.
Transformatorlarni vazifasi va uni elektr ta’minoti tizimidagi o’rni haqida ma’lumot beradi. Bir fazali transformatorni tuzilishi asosiy qismlari va ularni vazifalari haqida ma’lumot beradi. Transformatorni sovutish tizimi haqida gapirib o’tadi.
2.3. Bir fazali transformatorni ishlash printsipi haqida gapirib beradi. Transformatsiya koeffitsienti ifodasini keltirib chiqaradi. Pasaytiruvchi va yuksaltiruvchi transformatorlarni farqi haqida gapirib beradi. Ikki, uch va ko’p cho’lg’amli transformatorlarni cho’lg’amlarini tanlash haqida ma’lumotlar beradi.
3.1. Mavzuga yakun yasaydi, talabalar e’tiborini ma’ruzada aytib o’tilgan asosiy masalalarga qaratadi. Faol talabalar rag’batlantiradi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa:
1. Transformatorda doimiy va o’zgaruvchan quvvat isroflari.
2. Transformatorni energetik diagrammasi. Kuvvat isrofini kamaytirish usullari.
O’ylaydi va javob beradi
O’ylaydi va javob beradi
O’ylaydi va javob beradi
Talabalar eshitadi va yozib oladi
Umumiy tushunchalar
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste’molchilari aksariyat hollarda yoqilg’i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stantsiyalaridan bir necha o’nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo’ladigan isrofi va kuchlanishning pasayuvi doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu ko’rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to’la quvvati ni o’zgartirmagan holda uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko’rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo’lsa tok kuchi shunchalik kichik bo’lib, u bilan bog’liq isroflar ham shunchalik kam bo’ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko’ndalang kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda o’zgaruvchan tokning 35, 110, 220, 500, 750 va 1150 kV kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o’ta yuqori kuchlanishlarni bevosita generatorlardan olib bo’lmaydi. Odatda, elektr stantsiyalaridagi generatorlarning nominal kuchlanishi ko’p i bilan 21 kV dan oshmaydi. Elektr energiyasining iste’molchilari esa 380G’220; 220G’127 V nominal kuchlanishlarga mo’ljallangan. Shuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan past kuchlanishli, ammo katta tok kuchiga ega bo’lgan quvvatini (hozirgi vaqtda 150, 300, 500, 800 va 1200 ming kVt li generatorlar ishlab chiqariladi) yuqori kuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo’lgan quvvatga o’zgartirish kerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi.
Transformatorning ixtirochisi P.N. Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor trasformatordan foydalangan.
Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorning konstruktsiyasi ishlab chiqilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi yordamida uzatish amalga oshirilgandan so’ng yanada kengaydi. Bu elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. 5.1-rasmda elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasi ko’rsatilgan. Sxemadan ko’rinib turibdiki, elektrostantsiyada generator ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr1 yordamida 6 kV kuchlanishdan 35 kV gacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstantsiyaga berilmoqda. U erda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kV dan 6 kV gacha pasaytirilib, iste’molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo’lishi mumkin. Transformator Tr3 yordamida kuchlanish 6 kV dan iste’molchi uchun zarur bo’lgan 380G’220, 220G’127 V kuchlanishlarga aylantiriladi. Ko’rinib turibdiki, elektr energiyasi elektrostantsiyadan iste’molchiga etib kelguncha uch marta transformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalanish soni bundan ham ko’p bo’lishi mumkin.
Elektr energiyasining bir pog’onada bo’lgan u1, i1 kuchlanish va tokini boshqa pog’onadagi kuchlanish va toka aylantirib beradigan statik (harakatlanuvchi qismlari bo’lmagan) elektromagnit apparati transformator deyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo’l lanilishidan tashqari, kuchsiz toklarda ishlovchi hisoblash mashinalari, avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televidenie qurilmalari zanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o’zgartirib berish kerak bo’lgan barcha joylarda ishlatiladi.
Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
- ‘lektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo’ljallangan katta quvvatli (uch fazali) transformatorlar;
- kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada o’zgartirib berish va dvigatellarni ishga tushirish uchun mo’ljallangan avtotransformatorlar;
- taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo’ljallangan induktsion rostlagichlar:
- o’lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash uchun mo’ljallangan o’lchov transformatorlari;
- payvandlash, qizdirish pechlari sinov, to’g’rilash va hokazolar uchun mo’ljallangan maxsus transformatorlar.