Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ekskursiya materiallari, uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘tkazish joyiga ko‘ra: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin.
Harakatlanish vositasiga ko‘ra: piyoda yoki har turdagi harakatlanish vositasida bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiyalarning afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy tezligini ta’minlab, ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishda qulay sharoit yaratish mumkin.
Transportli ekskursiyalar(asosan avtobusli) ikki qismdan iborat: to‘xtash joylarida ekskursiya ob’ektlarining tahlili(asosiy ob’ektlar) va ob’ektlar oralig‘ida tarixiy joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog‘liq hikoyalardan iborat. Ba’zida ekskursiya amaliyotida suv va havo transportidan ham foydalanishadi. Ekskursiyalar davomiyligi bir akademik soatdan(45 daqiqa) bir sutkagacha bo‘ladi.qisqa muddatli turlarni(1 kundan 3-4 kungacha) dam olish kunlari marshruti ham deyishadi va unda bir necha ekskursiyalar nazarda tutilishi mumkin.
O‘tkazilish shakliga ko‘ra ekskursiyalarquyidagimcha bo‘lishi mumkin:
ekskursiya massovkalar, bunday ekskursiyalar ishtirokchilari odatda 10-15 ta avtobuslarda(har bir avtobusda alohida gid-kuzatuvchi) bitta marshrut bo‘ylab bir vaqtda harakatlanadilar.bunday ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor bayramlarni o‘z ichiga olishi mumkin;
ekskursiya sayr, bunday ekskursiyalar odatda o‘rmonda, daryo va dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi va o‘rganish va dam olish elementlarini o‘zida mujassamlaydi;
ekskursiya konsert, bunday ekskursiyalar musiqali mavzuga bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar eshitiladi;
ekskursiya spektakl, bu ekskursiya adabiy-badiiy ekskursiyalarni o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy adabiyotning aniq bir asari bo‘yicha tayyorlanadi va sh.k.
To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya gid-kuzatuvchining mijozlar bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy to‘garaklar faoliyati uchun aso yaratadi.