Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə123/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Ekskursiyani baholash – gid-kuzatuvchi yordamida ekskursantlarning yakuniy xulosaga kelishidir.
Ekskursiyaga munosabat- ekskursiya mavzusi bag‘ishlangan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etish, yozuvchi yoki rassomning asarini yaratishda aniq holatini tushunishi va sh.k.
Ekskursiya bu diqqatga sazovor joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni ko‘rsatish, tomosha qilishning uslubiy jihatdan tashkillashtirilishidir.

ILOVALAR






I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Bugungi kunda juda tezlik bilan taraqqiy etib borayotgan dunyoda insonlar fikri, ularning harakatlari, hayotdan zavq olish yo‘llari o‘zgarib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. So‘nggi asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizmning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
“Mintaqaviy turizm” fani mintaqaviy turizmning tasnifi, ularning turlari, ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni, turistik resurslarning mintaqa bo‘yicha joylanishi, ularda turistik sayohat tashkil qilish usullari va ushbu resurslardan turizm faoliyatida samarali foydalanish kabi bir qator masalalarini qamrab oladi.


II.O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan turistik resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash.
Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish. Ushbu turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, turistik resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni guruhlarga bo‘lish haqida talabalarga tushuncha berishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • mintaqaviy turizmning asosiy tushunchalari;

  • mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy omillari va vazifalari;

  • mintaqaviy turizmni rivojlantirishda davlat siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari;

  • turistik resurslarning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va uning turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • turizm mintaqalari bo‘yicha davlat siyosati;

  • mintaqa turizmini O‘zbekistonda rivojlantirishning qonuniy me’yoriy asoslari;

  • mintaqaning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash;

  • milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • turistik mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholay olish;

  • O‘zbekistonning turistik resurslarini joylashgan mintaqasi doirasida ulardan foydalanish istiqbollarini baholay olish;

  • turistik resurslardan foydalanish infratuzilmalarini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • turizmni mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishning dastlabki dasturini tayyorlay olish;

  • jahon va O‘zbekistonning turizm mintaqalaridagi turistik resurslari holatini baholay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin