adabiy – tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi (masalan, “XX – asrda Buxoro adabiyoti”, “Adabiy Toshkent” va sh.k.).
zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya.
Shuni ta’kidlash joyizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya bir – biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriy-shaharsozlik mavzusidagi ekskursiyada ham foydalanish mumkin; tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlari qariyib barcha ekskursiyalarda o‘z o‘rnini topadi. Barchasi ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir.