Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə119/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Ishlab chiqarish ekskursiyalari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:

  • tarixiy- ishlab chiqarish;

  • iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati);

  • texnik- ishlab chiqarish;

  • ishtirokchilarni kasbga yo‘naltiruvchi.

San’atshunoslik ekskursiyalari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:

  • teatral – tarixiy (masalan, “Samarqandning teatr hayoti”, “A.P.Chexov nomli dramaturg teatri tarixi” va sh.k.);

  • musiqiy – tarixiy (masalan, “Hamid olimjon teatrida bir kun” va sh.k.);

  • xalq amaliy san’atini ko‘rish (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyatini bilan tanishish);

  • madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar;

  • kartinalar galeriyasi, ko‘rgazma zallari, muzeylar, rassomlar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k.

Adabiy ekskursiyalar odatda quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:

  • adabiy biografik, bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masalan, Sadriddin Ayniy muzey uyi, “Andijon - Bobur yurti” va sh.k.).

  • adabiy – tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi (masalan, “XX – asrda Buxoro adabiyoti”, “Adabiy Toshkent” va sh.k.).

Me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalari tasnifi quyidagicha:

  • mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya;

  • ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya;

  • bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya;

  • zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya.

Shuni ta’kidlash joyizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya bir – biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriy-shaharsozlik mavzusidagi ekskursiyada ham foydalanish mumkin; tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlari qariyib barcha ekskursiyalarda o‘z o‘rnini topadi. Barchasi ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin