Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va roli



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə117/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

2. Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va roli.

Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishda ekskursiya xizmatlari jarayonidagi tashkiliy masalalarni yoritish va turfirmalarning ekskursiya xizmatlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarni berishdir.


Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

  • Ekskursiya rahbari gid-kuzatuvchiga qo‘yilgan talablarni o‘rganish;

  • Gid-kuzatuvchi ishini tashkil etish va boshqarishni o‘rganish;

  • Ekskursiyani tayyorlash texnologiyasini o‘rganish;

  • Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;

  • Ekskursiya marshrutlarini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazishni o‘rganish;

  • Ekskursiyani o‘tkazishni tashkil etish jarayonini o‘rganish;

  • O‘zbekistonning tarixiy - arxitektura yodgorliklarini ekskursiya ob’ektlarini misolida ko‘rib chiqish;

  • O‘zbekistonning ekologik-rekreatsiya resurslari ekskursiyani ob’ektlari misolida ko‘rib chiqish;

  • Ekskursiya jarayonida turistlar xavfsizligini ta’minlashni o‘rganish;

  • Ekskursiyada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganish;

  • Turizmning maxsus turlariga ekskursiyalar tashkil etishni o‘rganish;.

Ekskursiya insonlarda siyosiy, falsafiy, ilmiy, badiiy va boshqa qarashlar, g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishiga yordam beradi. Targ‘ibot funksiyasini bajarishda ekskursiya aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Ekskursiya negizida targ‘ibot, ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, daromadliylik va ishonarlilik tamoyillari turadi. Bu tamoyillar targ‘ibot mohiyatini, undagi asosiy maqsadni ajratishga imkon beradi va ularni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.


3.Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari.
Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari deb, predmetlar, hodisalar, tushunchalarni klasslar, bo‘limlar, umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga taqsimlashdir.
Ekskursiyalarni tasniflash masalasi har doim ekskursionist olimlar va ekskursiya sohasi xodimlarining diqqat markazida bo‘lgan. Bu muammoni yechishda 20 yillarning oxirida harakat qilishdi. Ekskursionist olim V.A.Gerd ekskursiyani tasniflashning o‘z variantini quyidagicha ta’kidlagan, ya’ni ekskursiyalarni guruhlar va guruh ostilarga uni o‘tkazish tavsifini belgilovchi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatishning asosiy maqsadi ekskursiya rahbarlariga uni ishlab chiqish masalalari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish berishdir. Bu asosiy xususiyatlarni ajratish bir necha “asosiy” ekskursiyalar yo‘nalishini beradi va boshqa tasnifan noaniq ekskursiyalar unga tutashib ketadi.
Ekskursiya xizmatlari ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda, maktablarda) va ham majmuali turistik xizmatning bir qismi bo‘lishi mumkin (turfirmalarda).
Hozirda ekskursiyalar quyidagicha tavsiflanadi:

  • mazmuniga ko‘ra;

  • ishtirokchilar soni va tarkibiga ko‘ra;

  • o‘tkazish joyiga ko‘ra;

  • harakatlanish vositasiga ko‘ra;

  • davomiyligiga ko‘ra;

  • o‘tkazish shakliga ko‘ra.

Har bir guruh o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin