Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


- mavzu. Mintaqaviy turizm asosida ekskursiya xizmatlarini



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə114/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

23 - mavzu. Mintaqaviy turizm asosida ekskursiya xizmatlarini
tashkil etish.
Reja:

  1. Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va ahmiyati.

  2. Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va roli.

  3. Mintaqalarga ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari.



1.Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va ahmiyati.
“Ekskursiya” so‘zi yunoncha “excursio” so‘zidan olingan bo‘lib “sayohatga chiqish, sayr qilish” degan ma’noni anglatadi.
Ekskursiya ma’nosini tahlil qilishda ekskursiya jarayonining ob’ektiv talablardan iboratligini e’tiborga olish kerak. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va sh.k.) bilan asoslanadi. Ekskursiya jarayoni va uning oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:



Ko‘rmoq
Eshitmoq
His qilmoq
Ko‘nikmaga ega bo‘lmoq


23.1-rasm. Ekskursiya jarayoning sxemasi va ekskursiya vazifalari

Ekskursiya jarayonida gid-kuzatuvchi ekskursantlarga mavzuni yoritishda yordam beradi, ya’ni, ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlariga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘ngi vazifasini hal etishda ob’ektlarni ko‘ra olish qobiliyatini shakllantirish katta o‘rin egallaydi. Ko‘ra olish qobiliyati estetik qabul sifatida arxitektura massalari, ranglari, jismlar guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ular kompleksini yorug‘lik, havo, har xil ko‘rish burchagi sharoitida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ekskursiyada ob’ektning tarixiy mohiyatini ko‘rish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektida tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish kerak; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida har xil zamonlar qoldirgan izlarni aniqlay olish kerak; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklardan tarixiy faktlarni topa olish kerak, bu esa doimo boy bilim va ko‘nikmani talab etadi. Ekskursiya materiallari va gid-kuzatuvchining ularni bayon qilishdagi kasbiy malakasi ekskursantlarning kerakli xulosalarga kelishlari imkonini beradi. Ekskursantlarga ushbu ko‘nikmani ekskursiyada hikoya va ko‘rsatish jarayonida gid-kuzatuvchi shakllantiradi. Bu yerda gid-kuzatuvchining yordamchisi sifatida mualliflar qatnashishi mumkin. Bu haqida taniqli pedagog, tanqidchi A.V.Bakushinskiy shunday degan: “Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholashni uyg‘otishi kerak”.


Ekskursiya vazifalaridan biri – ekskursantlarda uning mavzusi, tarixiy shaxslar faoliyati, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya materialiga bo‘lgan munosabatni shakllantirish va unga o‘z bahosini berishdir. Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvur shakllantirishdir, uning mohiyati, harakteri, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir.
Ekskursiyani baholash – gid-kuzatuvchi yordamida ekskursantlarning yakuniy xulosaga kelishidir.
Ekskursiyaga munosabat- ekskursiya mavzusi bag‘ishlangan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etish, yozuvchi yoki rassomning asarini yaratishda aniq holatini tushunishi va sh.k.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin