Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqalarda madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə111/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

2. Mintaqalarda madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari
Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi - insoniyat madaniy merosini saklash va muhofaza qilish yoʻlidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar, muhim i.t.lar muhofaza etiladi. Bu asosan, Uygʻonish davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxs i y kolleksiyalar natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyinm tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret, 1793).
19-20-asrboshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954 yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan.T. va m.yo.m. bilan Xalqaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha xalqaro kengash (1965) shugʻullanadi.
O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlari tarixiy markazlari YUNESKOning madaniy merosi ro‘yxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom musiqasi”, “Navro‘z”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va an’analari” nomzodlari nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga, Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilgani adaniy merosining dunyo miqyosida e’tirof etilganiga misol bo‘la oladi.
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimi yanada takomillashtirildi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.
Shu bilan birga, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish uchun mas’ul organning tashkiliy-shtat tuzilmasi sohada davlat nazoratini samarali tashkil etish imkonini bermayapti.
Sohada fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishda fan va innovatsion texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanmaslik natijasida loyihalash, restavratsiya-tiklash ishlari moddiy madaniy meros obyektlarining noyobligini saqlab qolishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning o‘rni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etildi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin