Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə108/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Orol va Orolbo’yi rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo’lgani uchun ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik obyekt bo’lib hisoblanadi. Ekoturistik marshurutlar bir paytning o’zida ham Orolning qurilgan, ham uning ta’sirida turgan Orol atrofi hududlarini qamrab olishi zarur. Ekoturlar nafaqat trekking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertalyotlar orqali ham amalga oshirish lozim. Zero u masofadan turib katta va tekis maydonni yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoliy g’arbiy qismida joylashgan va kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas oroli insonlarni atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik obyektdir. Unda Qozog’iston Respublikasi Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil qilgan.
Amudaryoning o’zaniga yaqin har ikkala sohillarida to’qayzorlar mavjud bo’lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft ko’rinishlardan bo’lib hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o’ng sohilida to’qay langshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto’qay qo’riqxonasi tashkil etilgan. Unga ma’rifiy-ma’naviy maqsadda tashrif buyurishni uyushtirish mumkin. Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g’arbiy qismida, Amudaryoning o’ng qirg’og’ida, kembriy va kembriygacha burmalangan tog’ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog’lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O’zbekistonning ko’hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan. Xorazmdagi arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish tavsiya etiladi.
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati
Norinjonbobo maqbarasi.  XIV asrga mansub me’moriy majmua. Norinjonboboning tug`ilgan yili ma’lum emas. O`zi XIII- XIV asrlar orasida yashab o`tgan. Hijriy 712 (mil. 1312) yili vafot etgan. SHaxsi haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Qabri ustiga o`rnatilgan toshga "Bu oqil, obid, Alloh yo`lida doimiy ro`zador, Alloh karomatini yerda paydo etuvchi mashhur Muhammad ibn Muso ibn Dovud Abu Abdulloh an-Norinjoniyning qabridur. Allohning unga va uning do`stlariga rahmati bo`lsin" deb yozilgan. Bu bitiklar Norinjonboboning sohibi karomat, aziz avliyolardan ekaniga shohidlik beradi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin