Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə106/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Hazrati Imom maqbarasi. XIV asr. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad SHayboniyning xokini keltirib Dorussiyodatga, o`g`li Jahongir qabri oldiga dafn ettirgan. Amir Temur ko`rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. Muhammad SHayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag`dodiy "nomi bilan mashhur bo`lgan. Majmuaga Amir Temur o`zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o`n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilanbezatilgan.
SHayx SHamsiddin Kulol maqbarasi.  XIVasr. SHayx SHamsiddin Kulol (yoki Kulol Faxuriy) Amir Temur va uning otasi Amir Tarag`ayning ustozi, o`z davrida ulkan hurmat va e’tiborga ega bo`lgan ulamolardan. Mil. 1370 yilda SHayx dafn etilgan joyga Amir Temur maqbara qurdirgan. 1373 yilda olamdan o`tgan Amir Tarag`ay ham o`zining vasiyatiga binoan ustozi SHamsiddin Kulol qabrining oyoq tomoniga dafn etildi. Maqbara to`g`ri to`rtburchak shaklda qurilgan bo`lib, kirish qismiga ulkan gumbaz ishlangan, dastlabki qo`yilgan ikkita katta ustun va asosiy poydevor bugungi kungacha saqlangan, devor va gumbazlar Amir Temur davriga xos o`ymakor g`ishtdan bezak va jilva bilan bezatilgan.
Xo`ja Jarroh yodgorlik majmuasi. Majmua XIV asrga oid bo`lib, hozirgi Qarshi shahrining Xudoyzod mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga ko`ra, Sohibqiron Amir Temur XIV asr oxirlarida SHom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulug` sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri xokidan keltirib, Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Al-Jarroh birinchi bo`lib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan.
Husam ota majmuasi. XIV, XVI, XIX asrlar. Hazrat Husam ota asli Makkadan Movarounnahrga hijrat qilgan din arbobi bo`lib, Tedyon va Pedyon qishloqlariga asos solgan hamda yerli aholi orasida Islom dinini targ`ib qilgan. U 1090-1091 yillarda olamdan o`tgan. Husam ota va avlodlari dafn etilgan qabr ustiga uning muridlari tomonidan maqbara va majmua barpo etilgan. Maqbarada mo`g`ul xonlaridan Oqatoy va Masratoy ismlari ko`rsatilgan qabr toshlarining mavjudligi bu yerga XIII - XIV asrlarda mo`g`ullar ham dafn etilganini ko`rsatadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin