Qashqadaryo rayoni O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo’lib, u cho’l, dasht, tog’oldi va tog’li xududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho’l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog’ oldi va tog’li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo’lgan, MDH davlatlari ichida yagona - "Kitob davlat geologiya qo’riqxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Muborak buyurtmaxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Sechenko’l buyurtmaxonasi" mavjud. Qashqadaryo rayonida ekoturizmni tarixiy, diniy turizm bilan birgalikda olib borish uchun birqancha arxitektura yodgorliklari va diniy qadamjoylar mavjud.
Hisor rayonida 1983 yilda tashkil toptan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m.bo’lgan, 870 xil o’simlik, 140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo’lgan Hisor davlat qo’riqxonasi mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks etgiruvchi "Boysun" etnografik-folklor ansambli chiqishlari bilan uyg’unlikda olib borish sayohlarni o’ziga ko’proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
Surxondaryo rayonida Kuhitang tog’li hududda 1987 yil tashkil etilgan 53,7 ming ga maydonda 800 xil o’simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo’naltirilgan "Surxon davlat qo’riqxonasi" mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o’ziga xos rayonlaridan biri hisoblanib, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko’p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor.
Xulosa qilib aytganda, ekoturistik rayonlashtirishni joyning geoekologik xususiyatlaridan kelib chikkan tarzda amalga oshirish tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishga xizmat qiladi.
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi. X-XIV asrlar. Bu me’moriy obida Eski Termiz qal’asining shimoliy-g`arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, din arbobi, yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi xonaqoh hujralaridan biri bo`lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan: muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan, ular bilan suhbatlashgan. SHu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o`g`li SHohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o`rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar davridagi toshtaroshlik, o`ymakorlik va bezakchilik san’atidan dalolatdir. Hakim at-Termiziy 880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to`rt yuzdan ortiq asar yozgan. SHulardan o`ndan ziyodrog`i bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga bag`ishlangan "Jome’ al-usul" nomli qo`lyozma asari O`zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.