Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə100/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Milliy o`yinlar turizmi. Jizzax viloyatiga qarashli Baxmal, G`allaorol, Forish va Zomin tumanlari aholisi qadimdan yilqichilik bilan shug`ullangan.Shu tufayli tuman aholisi yaxshi otlarni boqib, ular bilan har xil o`yinlarni tashkil qilishadi.Ana shunday milliy o`yinlardan biri ko`pkari hisoblanadi. Mahalliy aholi o`rtasida ko’pkarida uloqni yerdan ko`tarib olish, uloqni olib ketayotgan chavandozdan uloqni tortib olish, uloqni olib kelish uchun oldindan belgilab qo`yilgan marraga olib kelibtashlashlarini ko`rish xorijiy sayyohlarda juda katta qiziqish uyg`otadi. Shu sababli Jizzax viloyatidagi Baxmal,G`allaorol,Forish, Zomin tumanlarda milliy o`yinlar ya`ni, ot chopar, otga tortishuv kabi o`yinlarni ko`rish turizmni rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi.
G`orshunoslik turizmi. Jizzax viloyati hududida joylashgan tog`larda ohaktoshli yotqiziqlar ham keng tarqalgan. Ohaktoshli yotqiziqlarda g`orlar hosil bo`lgan. Ana shunday g`orlardan biri Amir Temur darvozasi orasida joylashgan Amir Temur g`ori hisoblanadi.Ushbu g`or Jizzax shahridan 15 km. g`arbda Jizzax-Samarqand avtomobil yo`li ustida joylashgan. Ushbu g`orni ko`rsatish asosida Jizzax viloyatida g`orshunoslik turizmini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi.
Ekoturizm. Jizzax viloyati respublikamizda ekoturizm resurslariga boy hududlardan biri hisoblanadi. Ana shunday ekoturistik ob`ektlardan biri Zomin milliy bog`i hisoblanadi.Zomin milliy bog`i Turkiston tog`rizmasining g`arbi hamda Molguzar tizmasining shimoliy yonbag`rida joylashgan. Ilgari Zomin milliy bog`i o`rnida Guralash qo`riqxonasi mavjud bo`lgan. Guralash tog`-o`rmon qo`riqxonasining tashkil etilishi Turkiston tog` tizmasi g`arbiy qismining ekosistemalarini saqlab qolishda katta rolo`ynaydi. Shu bilan birgalikda qo`riqxonaning ma`lum bir vaqt davomida ishlamasligi ushbu o`lka ekosistemalarining ancha kamatishiga olib keldi. Ayniqsa tog`larda chorva mollarining boqilishi, archazorlarni o`tin sifatida qirqilishi natijasida ushbu mintaqada ekosistemaning butunlay o`zgarib ketishi va ayrim turdagi o`simliklar, hayvonot dunyosining butunlay yo`q bo`lib ketishi xavfini yuzaga keltirdi. Shu munosabat bilan 1959-yilda Zomin tog-o`rmon qo`riqxonasi tashkil etildi.1978-yilda Zomintog`-o`rmon qo`riqxonasi Zomin milliy bog`iga aylantirildi. Uning maydoni 78 ming gektar. Ushbu milliy bog` uch qismdan iborat.Birinchi Zomin qo`riqxonasi, ikkinchisi uning himoya qismi va nihoyat uning uchunchi qismi Zomin milliy bog`idir. Zomin milliy bog`i O`zbekiston Respublikasi o`rmon va ov xo`jaligi boshqarmasiga qarashli bo`lib ma`mariy jihatdan Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlariga qarashli. Miliy bog`ning qo`riqxona qismida o`rmonchilik, ovchilik xo`jaliklarini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Zomin milliy bog`ining geologik tuzilishi kenglik yo`nalishi bo`ylab 340 km. ga cho`zilgan Turkiston tektonik strukturasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu tog`da paleozoy erasiga xos slanets, qumtosh va ohaktoshlar keng tarqalgan. Ularning ustida mezazoy va kaynazoy eralariga xos yotqiziqlar ham uchraydi. Ushbu tog` paleogenda ko`tarilib quruqlikka aylangan. Bu yerda respublikamizning boshqa tog`li hududlari kabi yer po`stining ko`tarilishi hozir ham davom etmoqda . Buni ushbu yerda sodir bo`ladigan yer silkinishlarini isbotlaydi.
Milliy bog`lar balanq tog` qismi oqar suvlar evaziga kuchli bo’laklangan. Shu sababli bu yerda tik qoyalar, tog` va chuqur daryo vodiylari keng tarqalgan. Milliy bog`ning o`rtacha balandlikdagi tog` qismida tog` yonbag`irlari ancha qiyalashgan va soylar bilan bo`laklangan. Tog` yonbag`irlarining tog` o`rmonlari qoplanganligi, tog` yonbag`irlarida sel hodisasining kamayishiga olib keladi. Shu sababli Zominsoyda 1870-1970-yillar davomida ya`ni 100 yil davomida 15 marta sel hodisasi kuzatilgan bo`lsa, o`simliklari nisbatan siyrak bo`lgan Sangzor vodiysida har ikki-uch yilda bir marta sel hodisasi kuzatiladi.
Milliy bog`ning iqlimini dengiz sathidan 2100 metr balandlikda joylashgan Ko`su gidrometriologik post ma`lumotlariga asoslanob aniqlash mumkin. Ushbu gidrometriologik stansiya ma`lumotlariga ko`ra milliy bog`da o`rtacha yillik havo harorati 4,80ni tashkil qiladi. Havo harorati yoz oylarida 330 gacha ko`tariladi. Qish oylarida havo harorati -320 gacha pasayadi. Milliy bog`da 2100 metr balandlikda yiliga 400 mln.yog`in yog`adi.Yog`inning 65 % qish va bahor oylariga to`g`ri keladi. Atmosfera yo`g`inlarining qolgan qismi yoz oylariga to`g`ri keladi. Faqat aprel oyiga, yillikyog`in miqdorining 1/3 qismi to`g`ri keladi. Milliy bog` hududida daryo va buloqlar keng tarqalagan bo`libular asosan qor suvlaridan to`yinadi. Tog` daryolarining eng kattasi Ko`lsoy va Guralash hisoblanadi. Ularning suvi may oyida ko`payadi, yoz oylarida soyda suv eng kam bo`ladi.
Milliy bog` hududida tuproq va o`simliklar balandlik mintaqalri bo`ylab joylashgan. Tog` etaklarida tipik va to`q tusli sur tuproqlar, o`rtacha balandlikdagi tog` yonbag`irlarida ekilgan rang tuproqlar, tog`ning tepa baland tog ` qismida subalp va alp o`tloqlari tarqalgan. Zomin milliy bog`ining o`simliklarining joylashishi Guralash va Ko`lsoy daryolarining 1700-2300 m. balandliklarida joylashgan terrasalar yaxshi mujassamlashgan. Ushbu tarrasalardan bug`doyiq o`simliklardan iborat dasht o`simliklari keng tarqalgan. Okean sathidan 2000-2500 metr balandlikdan boshlab tog`-yonbag`irlari chalov-bug`doyiq o`simliklari va siyrak archa o`rmonlari bilan qoplangan. Dengiz sathidan 2500-3000 metr balandliklardagi kuchli bo`laklangan o`rtacha balandlikdagi tog`lar qalin archazorlar bilan qoplangan. Archazorlar asosan qora archa, saur archa va o`ris archalardan iborat. Okean sathidan 2800 metr balandlikdan yuqorida baland tog` o`tloqlari rivojlangan bo`lib bu yerda oq yaproq, oqbosh, terak kabi chala butalar ko`pchilikni tashkil qiladi.
Tog` soylarining quyi qismida qayr o`simliklari keng tarqalgan tol,terak, namataklar, o`t o`simliklaridan qiyoq, tog` piyozi, yalpiz, qirq bo`g`inlar keng tarqalgan. Milliy bog`dagi o`simliklarning 23 turi O`zbekiston “Qizil kitobiga” kiritilgan. Ularning besh turi (Oshanin piyozi, eremrus, ulkan lolalar) yo`qolib borayotgan guruhiga, 11 tur o`simlik turlari (astragal, Jizzax quyonsuyagi) lola gular kam uchtaydigan o`simliklar turiga kiradi. Oziq-ovqatda ishlatiladigan o`simliklardan qulunay, bar baris, boyarishniklar keng tarqalgan.
Milliy bog`da 60 turdan ko`proq qushlar (to`rg`ay, miqqiy, ukki, boyo`g`li, bedana, kaklik, qig`iy, kalxat, boltatumshuq va h.k.) uchraydi. Sudralib yuruvchilardan agama, kaltakesak, chipor ilon, suv ilon va qalqontumshuq ilonlar uchraydi. Sut emizuvchilarning 20 ga yaqin turi uchraydi.Tipratikon, jayra, tog` suvsari, oq tirnoqli ayiq, bo`ri, tulki, to`ng`iz va tog` takasi shular jumlasidandir.
Zomin milliy bog`i eng avvalo tog` archa o`rmonlarini saqlab qolish, ularni qo`riqlash maqsadida tashkil etilgan.Shu bilan birgalikda qo`riqxonada o`simliklar olamini o`rganishda katta ishlar olib borilmoqda.Bu sohada respublikamizda botanik olimlarning xizmati katta.Bu yerda 200 dan ortiq dorivor o`simliklar turi o`sishini aniqlashgan. Shunday o`simliklardan namatak, gazanda, dalachoy, qizilchoy, tog` rayxoni, Zarafshon, Turkiston va o`riq archalar, qirqbo`g`in va boshqalar. Milliy bog`da piyoda yurish va tog` turizmini rivojlantirish uchun imkoniyatlar katta. Bu joydan sghifobaxshlik turizmidan foydalanilmoqda.Chunki, bir gektar archa o`monlaribir sutkada 24 kg fitosintlar chiqaradi. Bu esa 20 ming aholi yashaydigan bir shahar aholisining turli xil bakteriyalardan tozalaydi. Shu sabab milliy bog`da bug`ma kasalligi bilan kasallangan insonlarni davolaydigan sanatoriya faoliyat ko`rsatmoqda.
Shunday qilib, Zomin qo`riqxonasi va Zomin milliy bog`ida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida foydalanishda eng avval turistlarni bu hududning ajoyib xushmanzaratabiiy, toza havosi, har xil shifobaxsh o`simlikari, o`ziga xoshayvonot dunyosi hamda har xil shakldagi qoyali toshlar, shofobaxsh toza havosi hayvonot dunyosi haqida so`zlab berish muhim ahamiyatga ega. Shundan keyin turistlarni milliy bog`da gid boshchiligida olib chiqish va milliy bog` tabiati bilan tanishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin