Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə102/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Arnasoy-Aydarko`l tizimi. 1969-yilda O`zbekistonda qishning qattiq bo`lib, ko`p qor yoqqanligi tufayli Sirdaryodan ko’p suv kelib Chordara suv omboriga qutilishi tufayli ushbu suv omboridan 21 mln m3 suv Aydar botig`iga tashlanadi. Natijada Aydar-Arnasoy ko’l tizimi tarkib topishi bu yerda baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatini yaratdi. Natijada ko’lga ko’plab suvga suzuvchi qushlarning bu yerga kelishiga va she yerda uyalab ko`payishiga sharoit tug`iladi.
Ko`ldagi ko`pgina qushlar endemik qush turlari hisoblanadi. Bu esa Aydar-Arnasoy ko`l tizimiga ko`plab turistlarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Ko’l tizimiga keluvchi turistlar nafaqat cho`milib hordiq chiqarishlari, balki, baliq ovlab dam olishlari noyob qush turlarini o`rganishlari mumkin.
Jizzax viloyatida qishloq va fermerlar hayoti turizmini o’rganish shuni ko’rsatadiki, viloyatning sug’oriladigan yerlarida fermerlar asosan sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanib, ular paxtachilik, bog’dorchilik, uzumchilik bilan shug’ullanadilar. Viloyatning tog’ oldi va tog’li hududlarida fermerlar lalmi dehqonchilik, chorvachilik hamda lalmi qovun va tarvuz yetishtirish bilan shug’ullanadi. Tog’ oldi va tog’li hududlarda yashovchi mahalliy aholining dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishini ko’rish xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg’otadi. Viloyatning cho’l hududlarida mahalliy aholi asosan yaylov chorvachiligi bilan shug’ullanishadi, ularning turmush tarzi, ixtisoslashuvi xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg’otadi.
Jizzax viloyati aholisida o’ziga xos milliy hunarmandchilik ham yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, bu yerda egar yasash, gilam to’qish, kigiz bosish an’anaviy ahamiyatga ega. Bular ham xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg’otadi.
Jizzax viloyati aholisi qadimdan yilqichilik bilan shug’ullanib kelishadi. Shu asosda bu yerda to’ylarda ko’pkari chopish ishlarini ko’rish xorijiy sayyohlarda juda katta qiziqish uyg’otadi. Viloyat aholisi o’ziga xos milliy taomlar tayyorlash imkoniyatiga ega. Ayniqsa, yilqi sutidan qimiz tayyorlash, tandir kabob tayyorlash, g’ilmindi tayyorlashni ko’rish xorijiy sayyohlarda katta ta’surot qoldiradi. Jizzax viloyati hududi tabiat yodgoliklariga ham juda boy. Bularga tik qoyalar, g’orlar, buloqlar, tabiatning so’lim go’shalari va boshqalarni aytish mumkin. Bular orasida viloyatda dam olish va davolanish hamda sog’lomlashtirish turizmi, spelioturizm, qish oylarida chang’ida uchish kabi turizm turlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Yuqorida qayd etilgan turistik imkoniyatlardan foydalanish, ularni ishga solish Jizzax viloyatida kelajakda turizmni yanada rivojlantirish imkoniyatini beradi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin