Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə110/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

JTTning asosiy maqsadi - turizmni rivojlantirish va rag’batlantirish orqali iqtisodiy rivojlanish, xalqaro tinchlik, taraqqiyot, inson huquqlariga hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat`iy nazar, barcha uchun asosiy erkinliklarga rioya qilishga o`z hissasini qo’shishdan iborat.
Tashkilot ochiq bo`lib, uch xil a`zolar bo`lishini nazarda tutadi: haqiqiy, assotsiyalashgan va qo’shilgan a`zolar.
Har qanday suveren davlat haqiqiy a`zo bo`lishi mumkin. Assotsiyalashgan a`zo statusini o`z tashqi munosabatlarini olib borish huquqiga ega bo’lmagan hududlar olishi mumkin. Turizmda o’zining qiziqishlari bo`lgan hukumatlararo va nohukumat tashkilotlari, maqsadlari JTTda ko’zda tutilgan maqsadlarga mos keluvchi tijorat tashkilotlari qo’shilgan a`zo bo`lishlari mumkin.
JTT Nizomiga muvofiq, uning boshqaruv organlari bo`lib, Bosh assambleya, Ijroiya kengashi va kotibiyat hisoblanadi.
Bosh assambleya - JTTning oliy organi bo`lib, haqiqiy a`zolarning vakili bo`lgan delegatlardan iborat bo’ladi.
Bosh assambleya sessiyalar shaklida faoliyat yuritadi: navbatdagi sessiyalar ikki yilda bir marta, favqulodda sessiyalar esa zarur bo`lgan hollarda chaqiriladi.
Assambleya keng vakolatlarga ega. Bu vakolatlar asosan quyidagilardan iborat: tashkilotga, yangi a`zolarni qabul qilish; a`zolikni to’xtatish yoki bekor qilish; moliyaviy qoida va reglamentni tasdiqlash; JTT vakolatiga to’g’ri keluvchi har qanday masalar bo`yicha xalqaro kelishuvlarni tayyorlash va tavsiya qilish va h.k.
Bosh assambleya Yevropa, Afrika, Amerika, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo`yicha olti mintaqaviy komissiya, shuningdek Meksikada turizm bo`yicha oliy o’quv markazi (SIEST) ta`sis etgan.
Komissiyalar keng miqyosdagi sohada faoliyat yuritadilar va har yili o`z mintaqalarida Assambleyaning texnik tavsiyalarini amalga oshirish bo`yicha katta ishlar qilishadi. Kengash a`zolarining vakolat muddati 4 yil.
Jahon sayyohlik tashkiloti YUNVTO yoki UNWTO (BMT Jahon sayyohlik tashkiloti)
Turizm sohasida yetakchi xalqaro tashkilot.
Bosh kotibi - Zurab Pololikashvili (Gruziyalik).
YUNVTOning yuqori boshqaruv organi ikki yillik Bosh Assambleya hisoblanadi.
Ijroiya kengashi YUNVTOning boshqaruv organi hisoblanadi.
Har ikki yilda bir marta Kengash a'zolarining yarmi qayta saylanadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin