Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə109/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Sulton Uvays bobo maqbarasi. XVII - XIX asrlar. Sulton Uvays asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn Nohiya ibn Qaran ibn Murod. U YAman mamlakatining Qaran qishlog`i Murodiy qabilasida milodning 625 yili tug`lgan. 657 yili (hijriy 37 yili 17 shavvol kuni) Hazrati Ali va Muoviya askarlari o`rtasida yuz bergan Siffin jangida 32 yoshida shahid bo`lgan. Payg`ambar (a.s.) bu bo`lg`usi avliyo zot haqida xabar berganlar. Sulton Uvays Bobo maqbarasida u kishining jasadlari yo`q. O`sha davr odatiga ko`ra, avliyoning izdosh-muxlislari XVII asrda ramziy qabr yasab, bir ziyoratgoh bunyod etishgan. So`ngra keyingi asrda Xiva xonining o`g`li Olloqulixon Peterburg safaridan qaytib kelayotganida o`sha joyda tunaydi. Avliyolar Sultoni Uvays Qaraniy uning tushiga kirib, yaqinda xon bo`lishi haqida bashorat qiladi. SHu bashorat ro`yobga chiqqach, uning suyunchisiga Olloqulixon shayxga katta masjid va alohida o`nta chillaxona qurdiradi.


21-mavzu. Mintaqalarning madaniy-tarixiy merosi, ulardan foydalanish va muhofaza qilish
Reja:

  1. Jahon madaniy-tarixiy merosini saqlashda YUNESKO va Butunjahon turistik tashkilotining (BTT) o‘rni.

  2. Mintaqalarda madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari.

  3. Shaharlardagi arxitektura yodgorliklari va tabiatda geoturistik yodgorliklar va ulardan foydalanish.

  4. Mintaqalardagi madaniy merosda etnografiya, urf-odatlar va an’analarni tutgan o‘rni.

  5. Mintaqalarda mavjud muzeylar va ulardan foydalanish.

  6. O‘zbekistonda mintaqalar bo‘yicha turistik resurslarning joylanishi.



1.Jahon madaniy-tarixiy merosini saqlashda YUNESKO va Butunjahon turistik tashkilotining (BTT) o‘rni.
UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), BirlashganMillatlarTashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan. Bu tashkilotning qurilishiga, 1945-yil Noyabr oyida Londonda 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi Parijda. Uch organdan — Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.
Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946-yil tuzilgan. 188 mamlakat (jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26 oktyabrdan) aʼzo (2004). UNESCO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar UNESCO bilan hamkorlik qiladi. UNESCO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi
UNESCO Oʻzbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam koʻrsatish maqsadida bir qator oliy oʻquv yurtlarida UNESCO kafedralari, shuningdek, UNESCO maktablari tashkil etgan. UNESCO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining ming-yillik, Mirzo Ulugʻbekning 600-yillik (1994), Amir Temurning 660-yillik (1996) tantanalari nishonlandi. UNESCOning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi oʻtkazilib, "Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullabyashnashi" mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma tashkil etildi. Bu tadbirda I.Karimov, Fransiya Prezidenti J.Shirak ishtirok etdi (1996-yil 20—26 aprel). Toshkent shahrining 2000-yilligi (1980), Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shahrilarining 2500-yilligi, Shahrisabz shahrining 2700-yilligi (2002), Ahmad alFargʻoniyning 1200-yilligi, Imom Buxoriynning 1225 y.ligi (1998), "Alpomish" xalq dostoni yaratilganligining 1000-yilligi (1999), Avesto kitobi yaratilganligining 2700-yilligi (2001) nishonlandi. UNESCO rahnamoligida Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali oʻtkazib kelinmoqda.
1969 yilda BMT Bosh assambleyasining rezolyutsiyasiga muvofiq, MSOTO Hukumatlararo Jahon turizm tashkilotiga (JTT) aylandi. Bu fakt xalqaro turizmning ham iqtisodiy, ham siyosiy ahamiyatga egaligini ko’rsatadi.
JTT yuridik jihatdan 1970 yil 28 sentyabrda MSOTO bosh assambleyasining favqulodda sessiyasida Jahon turizm tashkilotining Nizomini qabul qilinishi hamda uning 1975 yil 2 yanvardan 51 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi bilan kuchga kirishi orqali rasmiylashtirildi.
JTT - maxsus xalqaro tashkilot bo`lib, Nizomining 1-bandiga muvofiq hukumatlararo tashkilotlar qatoriga kiradi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin