Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə107/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Gumbazi Sayyidin maqbarasi. XV asr. 1437-1438 yillarda bunyod etilgan Gumbazi Sayyidon maqbarasi o`ziga xos maqbaralar majmuasini tashkil etadi. Gumbazlariga naqshinkor bezaklar tushirilgan. Undagi yozuvlarga asoslanib Mirzo Ulug`bek avlodlariga oid, degan taxminlar qilinadi. XV - XVII asrlarda maqbara ichiga Termiz sayyidlari ismlari ko`rsatilgan bir necha qabrtoshlar olib kirilgan. Bu keyinchalik maqbaraning Gumbazi Sayyidon, deb atalishiga olib kelgan. Binoning asosi katta bir xonaqoh, gumbaz hamda unga ulanib ketgan mayda xonalardan iborat.
Langar ota majmuasi. XV- XVI asrlar. Langar ota me’moriy majmuasi hozirgi Qamashi tumanining Langar qishlog`ida XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida juda katta obro`-e’tibor va salohiyatga ega bo`lgan Kattalangar shayxlari tomonidan qurilgan. Maqbarada «Langar ota « nomi bilan tanilgan SHayx Muhammad Sodiq (1460-1545), otasi shayx Abul Hasan va avlodlari dafn etilganlar. Maqbarada Amir Temur avlodidan bo`lgan ismi ko`rsatilmagan bir shahzodaning ham qabr toshi mavjud


20 - mavzu. Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasi.
Reja:

  1. Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.

  2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.

  3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.

  4. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.


1.Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasi. Ustyurt - O’zbekistonning shimoliy-g’arbi – Qoraqalpog’istonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan yassi tekislik). Uning maydoni juda katta (200 ming km2 ), yo’llari asfaltsiz, o’nqir-cho’nqir yo’llardan iborat bo’lgani uchun ham ekoturistik marshurutlar “djip ” rusumdagi mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda olib borilgani maqul. Ustyurtning sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan ekoturistik obyektlariga :

  • “chink”- dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlar bilan o’ralgan plato, doimiy oqar suvlarga ega bo’lmagan, lekin yer osti suvlariga ega supasimon tekisligi;

  • davolash xususiyatiga ega bo’lgan juda katta (1000 km2) tuzli Borsakelmas sho’rxoki. Unda o’simlik dunyosi deyarli yo’q. Osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi ochilgan Qo’ng’irot soda zavodi aynan Borsakelmas tuzlari hisobiga qurilgan ;

  • neolit davridan qolgan “ustyurt makoni”. Unda 60 yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy ham ekoturistik ahamiyatga moyili “Tempa” makoni bo’lib, undan arxeolog S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspedisiyasi 1300 dan ortiq chaqmoqtosh qurollari topilgan.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin