Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
Ekskursiyabu diqqatga sazovor joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni ko‘rsatish, tomosha qilishning uslubiy jihatdan tashkillashtirilishidir. Bu jarayon negizida ekskursantlar ko‘z oldida turgan ob’ektlarni tahlil qilish va ular bilan bog‘liq voqealarni gid-kuzatuvchi tomonidan hikoya qilishi yotadi.
Pedagogik lug‘at va uslubiy qo‘llanmalarda ekskursiya o‘quv-tarbiyaviy ishlarning ko‘rgazmali ta’lim shakli sifatida ko‘riladi. Bu yerda ekskursiyaning bir tomonlama mohiyati ta’kidlab o‘tiladi, ya’ni unda atrof-muhitdagi, muzeydagi predmetlarni kuzatish orqali uni o‘rganish jarayoni tushuniladi.
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya aniq mualliflarning asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘y sunadi.
O‘zining vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra ko‘rgazmali ekskursiya yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroqdir. Mavzuli ekskursiya shahar ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘z tarkibi, mazmuni, uslubiy jihatdan murakkabligi bilan farqlanadi.
Ekskursiyaning rivojlanish tarixi uning mazmuni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlash maqsadidagi sayr bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik unga ilmiy maqsadlar, masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga eksponatlar izlash kabi maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini izlash jarayoni ekskursiya oldida umumta’limiy maqsadlarni qo‘ydi. Tarbiyaviy ishlarni yaxshilash, uni samaraliroq qilish harakatlari ekskursiyani madaniy-ta’limiy ishlarning biriga aylantirdi.
Hozirda ekskursiya o‘ziga xos individual uslub sifatida tugallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, materiallarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi. Ekskursiyaning vazifasi va o‘tkazish shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan:
1.1-jadval