Ekskursiyani baholash – gid-kuzatuvchi yordamida ekskursantlarning yakuniy xulosaga kelishidir.
Ekskursiyaga munosabat- ekskursiya mavzusi bag‘ishlangan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etish, yozuvchi yoki rassomning asarini yaratishda aniq holatini tushunishi va sh.k.
Ekskursiya bu diqqatga sazovor joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni ko‘rsatish, tomosha qilishning uslubiy jihatdan tashkillashtirilishidir.
ILOVALAR
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Bugungi kunda juda tezlik bilan taraqqiy etib borayotgan dunyoda insonlar fikri, ularning harakatlari, hayotdan zavq olish yo‘llari o‘zgarib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. So‘nggi asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizmning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
“Mintaqaviy turizm” fani mintaqaviy turizmning tasnifi, ularning turlari, ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni, turistik resurslarning mintaqa bo‘yicha joylanishi, ularda turistik sayohat tashkil qilish usullari va ushbu resurslardan turizm faoliyatida samarali foydalanish kabi bir qator masalalarini qamrab oladi.
II.O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan turistik resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash.
Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish. Ushbu turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, turistik resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni guruhlarga bo‘lish haqida talabalarga tushuncha berishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy omillari va vazifalari;
mintaqaviy turizmni rivojlantirishda davlat siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari;
turistik resurslarning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va uning turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
turizm mintaqalari bo‘yicha davlat siyosati;
mintaqa turizmini O‘zbekistonda rivojlantirishning qonuniy me’yoriy asoslari;
mintaqaning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
turistik mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholay olish;
O‘zbekistonning turistik resurslarini joylashgan mintaqasi doirasida ulardan foydalanish istiqbollarini baholay olish;
turistik resurslardan foydalanish infratuzilmalarini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;