Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə131/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Internet saytlari:

  1. www.lex.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.tourism.uz

  4. www.tour.uz

  5. www.stat.uz

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


«TASDIQLAYMAN»


Urganch davlat universiteti
o`quv ishlari bo`yicha prorektori:
_____________dots. S. Xodjaniyazov
___.________.2020 yil



MINTAQAVIY TURIZM
FANIDAN
ISHCHI O`QUV DASTUR
(2020-2021 o`quv yili 3-kurs)

Bilim sohasi

600000

Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi

610000

Xizmat ko‘rsatish sohasi










Bakalavriat yo’nalishi:

5610300 Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)



Semestr
Mashg’ulotlar

5

Jami




Ma’ruza

54

54




Amaliy

90

90




Mustaqil

124

124




Jami:

268

268




Kurs ishi (kurs loyiha)

-

-






Urganch – 2020 y

Ushbu ishchi dastur 5610300 – “Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)” bakalavriat yo’nalishi uchun O`z.R OO`MTV tomonidan 25.08.2018 yil №744 buyrug’i bilan tasdiqlangan va 18.08.2018 yil № BD 5610300 – 2.13 raqam ostida ro`yxatga olingan o’quv dastur asosida tuzilgan bo’lib, bakalavriat yo’nalishi «Mintaqaviy turizm» fanining mavzularini o’rganish uchun mo’ljallangan.




Mazkur ishchi dastur UrDU Kengashi tomonidan ___._____20___ yilda № __ bayonnomaga asosan tasdiqlangan.

Tuzuvchilar: dots.D.Xudayberganov, o’q.O.Allanazarov


Taqrizchi: dots.Sh.Ruzmetov



Ishchi dastur Turizm va mehmonxona xo’jaligini boshqarish kafedrasida ___. ____. 20___ yilda muhokama qilindi (bayonnoma № ___ )

Kafedra mudiri v.v.b.: dots.D.Xudayberganov


Ishchi dastur Turizm va iqtisodiyot fakulteti Kengashida __.____.20__ yilda tasdiqlandi.


Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani: prof.I.Abdullayev
KIRISH


I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Bugungi kunda juda tezlik bilan taraqqiy etib borayotgan dunyoda insonlar fikri, ularning harakatlari, hayotdan zavq olish yo‘llari o‘zgarib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. So‘nggi asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizmning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.


“Mintaqaviy turizm” fani mintaqaviy turizmning tasnifi, ularning turlari, ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni, turistik resurslarning mintaqa bo‘yicha joylanishi, ularda turistik sayohat tashkil qilish usullari va ushbu resurslardan turizm faoliyatida samarali foydalanish kabi bir qator masalalarini qamrab oladi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari


Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan turistik resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash.
Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish. Ushbu turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, turistik resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni guruhlarga bo‘lish haqida talabalarga tushuncha berishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • mintaqaviy turizmning asosiy tushunchalari;

  • mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy omillari va vazifalari;

  • mintaqaviy turizmni rivojlantirishda davlat siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari;

  • turistik resurslarning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va uning turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • turizm mintaqalari bo‘yicha davlat siyosati;

  • mintaqa turizmini O‘zbekistonda rivojlantirishning qonuniy me’yoriy asoslari;

  • mintaqaning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash;

  • milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • turistik mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholay olish;

  • O‘zbekistonning turistik resurslarini joylashgan mintaqasi doirasida ulardan foydalanish istiqbollarini baholay olish;

  • turistik resurslardan foydalanish infratuzilmalarini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • turizmni mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishning dastlabki dasturini tayyorlay olish;

  • jahon va O‘zbekistonning turizm mintaqalaridagi turistik resurslari holatini baholay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin