Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə122/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Turistik resurslar – tabiiy, tarixiy, ijtimoiy – madaniy va boshqa turistlarni sayohatga qiziqtiradigan, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi va rivojlanishi ehtiyojlarini qondirishga qodir ob’ektlar.
Rekreasiya resurslari - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.
«Qo’shimcha» turistik resurslar inson mehnati tomonidan yaratilgan ma’lum mintaqadagi barcha turistlarni qabul qiluvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar.
Gidrom – bunga suv bilan bog’liq turistik resurslar kiradi.
Fitom – tabiiy ravishda yaratilgan (o’rmon, tog’lar, cho’qqilar, vulqonlar, tabiiy manzaralar) va inson tomonidan yaratilgan (milliy bog’lar, parklar).
Litom – inson tomonidan yaratilgan va o’zi yoki belgilariga ko’ra turistlar qiziqishini orttiradigan resurslar.
Antronom – turistik qiziqishni orttiradigan barcha inson faoliyati ko’rinishlarini kiritish mumkin.
Tabiiy turistik resurslar - insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari.
Ekoturizmning muhim ob’ekti - ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari hisoblanar ekan, mamlakatimiz bu resurs turlariga boy hisoblanadi.
Ekoturizmning asosiy maqsadi sayohat paytida yangi joylarni ko’rish, tabiat go’zalligidan, toza tog’ yoki o’rmon havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, boshqa xalqlar urf-odati, madaniyati, san’ati, tarixiy obidalarini ko’rishdan iborat.
Diniy turizm hamma vaqt sayohatning eng aktiv turi.
Qishloq turizmi alog’ida daromad keltirilgan tur hisoblanib, dunyo turizm bozorida alohida qat’iy o’rin tutadi.
Turistik rayonni shakllantiruvchi omillar tabiat landshaftlari, ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy – tarixiy obyektlar va turistik infrastrukturadir.
UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.
Ekskursiya” so‘zi yunoncha “excursio” so‘zidan olingan bo‘lib “sayohatga chiqish, sayr qilish” degan ma’noni anglatadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin