Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘prejali ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu kabilar.).
Ko‘prejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi. Bu shahar, o‘lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Ko‘prejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda ularning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish joyidan qat’iy nazar ular tarkibiy jihatdan bir biriga deyarli o‘xshashdir. Ularning har birida bir necha mavzuostilar (shahar tarixi, ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida). Sharhli ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o‘lka tegishli o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab bayon etiladi, masalan, harbiy tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan shaharlar kiritiladi (masalan, Buxoro xonligidagi o‘zaro nizolar va shu kabalar).
Adabiy mavzulardagi ekskursiyalarda esa yozuvchilar, shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq shaharlar, qishloqlar, ko‘chalar kiritiladi.
Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bitta yoki bir nechta voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda shahar ko‘chalari va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin.
Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (ekologik), san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‘linadi.
O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy ekskursiyalar quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
tarixiy – o‘lkashunoslik (masalan, “samarqand shahrining ming yillik tarixi”, “moviy gumbaz ostidagi shahar” va shu kabilar);
arxeologik (masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy shahri; Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy qazilmalarni ko‘rsatish);