Ekskursiyaning maqsadi, vazifasi va o‘tkazish shakllari
№
|
Maqsadi
|
Vazifalari
|
O‘tkazish shakllari
|
1
|
Dam olish
|
Dorivor o‘simliklar, mevalar, qo‘ziqorinlarni izlash
|
Sayr
|
2
|
O‘quv
|
O‘quv fanini o‘quvchilar tomonidan o‘rganishi (botanika, geografiya, tarix)
|
Sinfdan tashqari dars
|
3
|
Ilmiy
|
O‘lkashunoslik muzeyi uchun eksponatlar izlash
|
Ekspeditsiya
|
4
|
Umumta’limiy
|
Umumiy, madaniy dunyoqarashni kengaytirish
|
Turistik poxodlarda suhbat, transport sayohatida yo‘l-yo‘lakay ekskursiya axboroti berish
|
5
|
Madaniy-ta’limiy
|
Tarix, me’morchilik, adabiyot va boshqa sohalardan bilimlarini oshirish
|
Ko‘rgazmali, ko‘prejali ekskursiya
|
6
|
Madaniy-tarbiyaviy
|
Tarbiya bilan uyg‘unlikda bilimlarni olish
|
Mavzuli ekskursiya
|
Demak, ekskursiya insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayoni bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda yoki korxona binolari, labaratoriyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va shu kabilarda joylashgan ob’ektlar avvaldan saralab olingan bo‘ladi.
Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis gid-kuzatuvchi-kuzatuvchilar rahbarligid-kuzatuvchia amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuning vazifalariga kiritilgan. Gid-kuzatuvchi auditoriyaga ob’ektning ko‘rinishi, tarixiy joyning bahosi, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib yetishlarini ta’minlaydi. Ekskursant nimani ko‘rishi, tushunishi, his etishi u uchun muhimdir. Gid-kuzatuvchi o‘zining izohlari bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishlari va baho berishlarini ta’minlaydi, shu bilan tadbirning zaruriy samaradorligiga erishiladi.
Qisqacha qilib ekskursiyaning mazmunini quyidagicha aniqlash mumkin: ekskursiya – bu maxsus shakllarda insonlar guruhiga beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, ushbu bilimlarni uzatishdagi maxsus harakatlar tizimidir.
Dostları ilə paylaş: |