GLOSSARIY Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan turistik resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash.
Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish. Ushbu turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, turistik resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni guruhlarga bo‘lish haqida talabalarga tushuncha berishdir.
Turistik resurslarxalq madaniyati, urf-odatlari, rusumlari, ma’naviyatini ko’rsatuvchi, belgilovchi milliy boylikdir.
Turizm turistlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.
Barqaror (o’zgarmaydigan) omillartabiiy-iqlimiy, geografik, madaniy-tarixiy kabi omillar.
Turizm infratuzilmasi – turistlarning turistik resurslaridan foydalanishni ta’minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kommunikasiya tarmoqlari, shu jumladan, yo’llar, turizmning xilma-xil korxonalari hamda turizm korxonalarining ishlatilishini ta’minlashga imkon yaratilishi.