Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


- mavzu. O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə103/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

19 - mavzu. O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasi.
Reja:
1. O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
4.Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1.O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.Viloyat markazi hisoblanagan Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklarga ega. Bular: Ko’kgumbaz masjidi (1463y), Jome’ masjidi, Minorali Qo’rg’oncha, Xo’ja Abdulaziz madrasasi, Qilichboy madrasasi, Zaxox – Moron shaharchasi xarobalari va Qashqadaryo daryosi ustidan o’tgan qadimiy ko’prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik yubileyi munosabati bilan yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi yanada oshdi.
Turistik rayonning yana bir qadimiy shaharlaridan biri Termizdir. Termiz shahri eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog’lovchi korvon yo’llarining chorrahasida paydo bo’lgan. Termiz yonida eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi xarobalari mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni jalb qilmoqda.
Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi. Mintaqaning tabiiy go’zal va o’ziga xos tabiati, relyefi turizmni turli yo’nalishlari rivojlantirish imkoni beradi. Ayniqsa, Hisor tog’ining go’zal manzarasi va undagi ko’plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam olish va salomatligini tiklashda ahamiyati katta. Yana rayondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan Kitob geologik qo’riqxognasi, Hisor, Surxondaryo, Payg’ambarorol davlat qo’riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, bu mintaqada yashayotganxalqning o’zoq o’tmish an’analari, san’ati, madaniyati va urf – odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir.




        1. Yüklə 1,76 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin