Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
Madaniy – tarixiy resurslar. Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy – madaniy resurslari potensiali asosiy o`rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy – tarixiy resurslardan ko’p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarixiy va tasviriy bahosiga, foydalanish qo’layliliga bog’liq.
Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni antropogen yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi.
Turizmga oid Gaaga deklarasiyasida qo’yidagi takliflar bildirilgan:
Turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida madaniy meros va atrof – muhitni saqlashga, ularga nisbatan hurmatda bo’lishga o’rgatish, hamda targ’ib qilish;
Joylarda turistlarni qabul qilish darajasini aniqlash, me’yordan ortishiga yo’l qo’ymaslik lozim deb ta’kidlanadi.
Madaniy – tarixiy resurslarga moddiy va madaniy turli yodgorliklari majmuasi, ma’lum mintaqaning turistik qiziqish ob’ektlari hisoblanadi.
Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmni rivojlanishiga turtki bo’ladi. Ammo oxirgi paytlarda turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Bu resurslardan turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif qilinadi:
mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish ob’ektlari sifatida qayta tiklash;
turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhit saqlash va yaxshilashda boshqaruv organlari ma’suliyatini oshirish
Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy ob’ekt va yodgorliklar asosiy o’rinda turadi. «Madaniy meros» deyilganda qo’yidagilar tushiniladi:
- Yodgorliklar: arxitektura binolari, arxiologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g’orlar, yozuvlar;
- Ansanbillar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o’zaro bog’langan binolar guruhi. Masalan, Registon ansambili;
- Mehmondo’stlik joylari: inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan, o’ziga jalb qiluvchi o’ziga xos joylar.
Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritiladigan ob’ektlarning quyidagi xususiyatlari hisobga olinadi:
- Inson ijodining noyob namunalari;
-Ajoyib madaniy, arxitektura ob’ektlari, hamda madaniy landshaftlarining alohida ahamiyatga ega hududlari;
- Zamonaviy sivilizatsiyaning noyob namunalari, qurilishlari;
- Inson tarixi bilan bog’liq binolar yoki arxitektura ansambillari, landshaftlari.
Tabiatning noyob ko’rinishlarini butunjahon ro`yxatiga kiritiladigan xususiyatlari qo’yidagilardan iborat:
- Yer taraqqiyotida geologik-geomorfologik jarayonlar asosida shakllangan yodgorliklar;
- Turli-tuman o’ziga xos ekosistemalar, landshaftlar;
- Ma’lum mintaqaning o’ziga xos o’simlik va xayvonlari;
- Kamyob biologik turlari.