Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə77/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Oqmasjid yodgorligi (xiv asr) Oqmasjid tarixiy-me'moriy yodgorligi Xatirchi tumanining Bog’chakalon qishlog`ida 1360-1390 yillarda hazrat Said ota tomonidan bunyod etilgan. Oqmasjid o’z davrida o’ta mohirlik bilan qurilgan bo’lib, usti gumbaz, yon tomonlari esa o’ymakor ustunli ayvonlardan iborat bo`lgan.
Sohibqiron Amir Temur zamonida ilm-ma'rifat yuksak darajada rivoj topganligi tarixdan yaxshi ma'lum. Ayni o’sha davrlarda Bog’chakalonda ham ko’plab masjid va madrasalar bunyod etilgan. XIX asrgacha bu hududda yettita masjid bo’lgan. Ularda savod chiqargan yoshlar tahsilni davom ettirish uchun Buxoro madrasalariga yuborilgan. Ammo, sho’rolar davriga kelib, hududdagi bu obidalarning boshiga ham og’ir kunlar tusha boshladi: asrlar davomida savlat to’kib turgan yettita masjidning oltitasi buzib tashlangan. Faqatgina “Oqmasjid” me`moriy yodgorligi saqlanib qolingan.
Buyuk ipak yo’li bo`yida joylashgan ushbu jannatmonand maskanga qadimda ham olis o’lkalardan savdogarlar-u sayyohlar tez-tez kelib turishgan.
Yodgorlik bunyodkori Hazrat Said ota asli Xorazmlik bo’lib, 14 yoshida tahsil olish uchun Buxoroyi Sharifga kelgan va 20 yil davomida madrasada tahsil olgan. So’ngra aholiga ilm-u ma'rifat tarqatish uchun ushbu hududga yuborilgan.
Sayid otaning hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo`lgan qiziqarli va ibratli hikoyalar ko’p. Ularning aksariyati xalq ichida tildan-tilga o’tib kelayapti.
Tarixnavis Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asarida keltirilishicha, Sayid otaga qarshi aytilgan bo’hton va fitnalarga ishongan hukmdorlar hijriy 760 yilda ulug’ avliyoning ko’zlarini ko’r qilishadi. Ammo, mo`jiza sharofati bilan Sayid otaning ko’zlari qayta ochiladi. Bundan hayratga tushgan hukmdor unga otalarcha munosabatda bo’la boshlaydi va har bir ishini uning maslahati bilan amalga oshiradi.
Prezidentimiz tashabbusi va viloyat mahalliy hokimligi rahbariyatining sa'y-harakati bilan ushbu qadamjo Respublikamizdagi barcha azaliy qadriyatlarimizning asoslaridan biri bo`lgan noyob me`moriy yodgorligi sifatida 2003 yilda qaytadan ta`mirlanib, xalqimizga taqdim etildi, Hazrat Sayid ota sag`anasi va dahmasi qayta qurildi, atrofi obodonlashtirildi va fuqarolarning serqatnov maskanlaridan biriga aylantirilib, yosh avlodni milliy mafkuraviy g`oyalar ruhida tarbiyalash yo`lida unumli va samarali foydalanilmoqda.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin