Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Navoiy viloyati muzeylari tahlili



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə79/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Navoiy viloyati muzeylari tahlili. Navoiy viloyatida 12 ta davlat, 7 ta soha, 3 jamoatchilik va 27 ta maktab muzeylari mavjud bo’lib, viloyat bo’yicha jami 49 ta muzey faoliyat ko’rsatmoqda. (2-jadval)
Bu muzeylarning barchasinberilgan maqomiga qarab o’zining o’rniga va o’ziga xos xususiyatlariga ega. Viloyatda bu muzeylar joylashgan o’rniga qarab sayyohlarga, mehmonlarga va soha vakillariga ham xizmat qilib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda viloyatga tashrif buyurayotgan chet ellik turistlar va mahalliy turistlarga ham xizmat qilib kelmoqda.
O’zbekiston Mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab, muzeylarni rivojlantirish ishiga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor berilmoqda. Jumladan; 1998-yilning yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida” gi Farmoni, 2008-yilning sentabrida O’zbekiston Respublikasining “Muzeylar to’g’risida” gi Qonuni ishlab chiqildi. 2012-yilning aprelida Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar to’g’risidagi Qonunni ro’yobga chiqarish uchun zarur bo’lgan normativ - huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.


Navoiy viloyati o’lkashunoslik muzeylari.
2-jadval



Viloyatimizda mavjud muzeylar

Yillari

1

Хatirchi tuman tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi

1974-yil 11-may



2

Тomdi tuman tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi

1978-yil 7-dekabr

3

Qililtepa tuman tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi

1985-yil 15-yanvar

4

Vilot tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi

1992-yil 30-dekabr

5

J.Balimanov me’morial muzeyi

1993- yil 23 -dekabr

7

Konimex tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi

1997-yil 30- aprel

8

Qosim – Shayx majmua muzeyi

2002 -yil 8 -aprel

9

Nurota tuman tabaiiy – me’moriy majmua muzeyi

2003 -yil 11-aprel

10

Zarafshon sh. Qizilqumni o’zlashtirish tarixi

2003 -yil22-sentabr

11

Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi

2004-yil 23-sentabr

12

Mavlono Orif Deggaroniy tarixiy muzeyi

2007-yil 29-may

Shularga asosan, so’nggi yillarda, Navoiy viloyati hokimligining, viloyatimiz muzeylari faoliyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash to’g’risida, o’nga yaqin qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan joylarda, sohaga doir keng ko’lamli ishlar, izchil amalga oshirilmoqda.


Viloyat hokimining 2011 yil 10 noyabrdagi 06-01/266 sonli yig’ilish bayoni va 2011 yil 29 noyabrdagi 03-01/512 sonli “Davlat muzeylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish ” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat muzeylar faoliyatini ilmiy tadqiqotimiz vazifasi va maqsadi doirasida o’rganishimiz natijasida quyidagilarni aniqladik.
Navoiy shahrida jami 6 ta muzey mavjud bo’lib, shundan 5 ta soha va 1 ta maktab muzeylari faoliyat ko’rsatyapti, bular; Navoiy Kon-Metallurgiya kombinati muzeyi, Navoiyazot OAJ “Mehnat shuhrati” muzeyi, Qizilqum sement OAJ muzeyi, Navoiy viloyat prokuraturasi muzeyi, Navoiy viloyati Ichki ishlar tizimi muzeylari va 12 sonli umumta’lim maktabining Ekologiya muzeylari.
Viloyat hokimligining sayi harakatlari bilan NKMK muzeyining mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyatini rivojlantirish maqsadida, o’quv markazi binosidan “Farhod” madaniyat saroyiga ko’chirilgan. Keng va yorug’ tomosha zallari va zamonaviy talablarga javob beradigan vetrina va jixozlar bilan ta’minlangan. Eksponatlarni saqlash, hujjatlashtirish, ish yuritish, ekspozitsiyani namoyish etish ishlari, zamonaviy muzeyshunoslik talablariga javob beradigan holatga keltirilgan. Albatta bu masalalar ijobiy echimini kutmoqda bu masala yuzasidan tegishli tashkilot va masullar maqsadli rejalarni ishlab chiqib mavjud kamchiliklarni bartaraf etishlari kerak.
Navoiyazot OAJ “Mehnat shuxrati” muzeyida esa ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar tuzatilmagan. Zamonaviy texnika vositalari va maxsus vetrinalar bilan jixozlanmagan. Muzey ekspozitsiyasi boytilib, yangilanib borilmagan. Ayniqsa mustaqillik yillarida, kimyo sanoatida erishilayotgan yutuklarimiz keng yoritilmagan. Korxonaga ishga kiruvchi yoshlarimizni, institut va kollej bitiruvchilarini kimyo sohasiga qiziqtirish, targ’ibot qilish ishlari rejali tashkil etilmagan. Eksponatlarni davlat ro’yxatiga kiritish ishlari oxiriga yetkazilmagan.
Qizilqumsement OAJ tarixiy muzeyida ham shunga o’xshash kamchiliklar mavjud bo’lib o’z yechimini kutmoqda. Eksponatlarni davlat ro’yxatiga kiritish ishlari o’z xoliga tashlab quyilgan.
Karmana tumanda 3ta davlat va 6 ta maktab muzeylari faoliyat yuritadi. Bular, Viloyat tarixiy-o’lkashunoslik muzeiy, “Qosim shayx” majmua muzeiyi vaMavlono Orif Deggaroniy tarixiy muzeylari hamda 1-2-3-6-8-22- umum ta’lim maktablarining muzeylaridir.
Viloyat hokimligining 2011 yil 29 noyabrdagi 03-01/512 sonli “Davlat muzeylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish ” chora-tadbirlar dasturiga asosan viloyat muzeyi va uning filiallariga maxalliy byudjet mablag’lari hisobidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan ekan. Jumladan: dasturga yangi eksponatlar sotib olish uchun 15 mln so’m, ta’mirlash ishlari 44 mln so’m, Jixozlash ishlariga 66,5 mln so’m mablag’i ajratilishi rejalashtirigan ekan va bu ishlar bosqichma bosqich o’z echimini topmoqda.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin