Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Viloyat hududlari bo’yicha (mehmonxona va dam olish zonalari)



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə81/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Viloyat hududlari bo’yicha (mehmonxona va dam olish zonalari)

Umumiy soni
2011-2015 yy.

Shu jumladan

2011 yil

2012 yil

2013 yil

2014 yil

2015 yil

26

5

9

4

5

3

3.2. Turizm infrastrukturasini rivojlantirishning iqtisodiy-ijtimoiy muammolari va viloyatda xizmat ko’rsatish soxalarini rivojlantirish.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida va bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida Navoiy viloyatida turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga kelayotganligi turizmning viloyat iqtisodiyotiga yanada integratsiyalanishini mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon iqtisodiyoti tajribasidan ma'lumki turizm mamlakat xazinasi uchun zarur bo`lgan valyuta tushumini ta'minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan birga aholining turmush darajasini ko'tarish uchun xizmat qiladi. Viloyatning geografik o`rni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanligidan tashqari, uning insoniyat taraqqiyotidagi o`rni ham beqiyos. Navoiy viloyatida ham Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari kabi nodir tarixiv arxitektura yodgorliklariga, shirin-shakar mevalar, xilma-xil taomlar, ajoyib milliy an'ana, urf-odatga ega bo`lgan mehmon do`st aholisiga ega. Bularning barchasi chet ellik turistlar e'tiborini o`ziga tortadi va kishilarni lol qoldiradi.
Navoiy viloyatida keyingi yillarda ajoyib inshootlar, madaniy dam olish maskanlari, ziyoratgohlar vujudga keldi. So`nggi yillarda respublikamizda boks, o'zbek milliy kurashi, tennis bo'yicha jahon miqyosida ulkan turnirlar tashkil qilinmoqda, bu tadbirlar esa ko'pgina xorijiy mamlakatlardan turistlarning kelishiga zamin bo`lmoqda. Tez-tez o`tkazib turiladigan milliy o'yinlarimiz festivali, Universiada, Barkamol avlod sport o’yinlarining hududiybosqichlarining o’tkazilishi yaxshi kutib olinadi. 2012 yilda Umid nihollari sport musobaqalarining final bosqichi ayniqsa qiziqarli o`tdi. Bu esa viloyatga halqaro Respublika miqyosida mehmonlarning kelib ketishi, turizmni rivojlantirishda bu omillarni ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim.
Turizmdan yuqori daromad olayotgan Yevropa mamlakatlarida turistik faoliyatning ayrim yo`nalishlari davlat tomonidan to'g`ridan-tog`ri yoki bilvosita siyosiy-rasmiy boshqarilib aniq maqsadga yo'naltirib turiladi. Bilvosita boshqaruv esa xalqaro turistik tashkilotlarni soliqdan ozod etish yoki to'lov miqdorlarini kamaytirish, ularga imtiyozli kreditlar yoki bir qancha yengilliklar berish orqali amalga oshiriladi. Masalan respublikamizda 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan '`Soliq kodeksida" Uzbekistonda turistik faoliyat bilan shug`ullanuvchi turistik firmalar ish boshlagan kundan boshlab 3 yil mobaynida soliq to`lashdan ozod etilishi belgilab qo`yilgan.
Milliy, tarixiy va diniy qadamjolarning ko'pligi;
Xalqimizning mehmondo'stligi va milliy an'analarimizning boyligi;
Viloyatimizning rang-barang tabiati, o'simlik va hayvonot olamining xilma-xilligi, boy rekreatsion resurslarning borligi;
Avtomobil, temir yo`1, xalqaro havo yo'llarining yetarli darajadagi infratuzilmaga ega ekanligi, Respublikaning Yevrosiyo materigining markazida (o'tmishda esa Buyuk Ipak yo'li chorraxasida) joylashganligi kabilar kiradi. Bu omillar albatta turizmning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatib kelmoqda.
Navoiy viloyatining infratuzilmasini o’rganishda avval viloyat haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishish zarur. Navoiy viloyat dastlab 20.04.1982 yilda tashkil topib, 1988 yilgacha shu maqomda mavjud bo’lgan. So’nggi marta esa u 27 yanvar 1992 yilda qayta tiklangan. Maydoni 111,0 ming kv. km yoki respublika hududining yaqin 1/4 qismiga teng. Aholi soni esa 904,2 ming kishi (mamlakat aholisining 3,0 foizi). Hududiga ko’ra viloyat Qoraqolpog’iston Respublikasidan keyingi ikkinchi, aholi soni jihatidan esa faqat Sirdaryo viloyatidan oldinda, ya’ni oxiridan ikkinchi..Viloyatning ichki ma’muriy tuzilishi ham uncha murakkab emas; U yerda 8 ta qishlok tumanlari mavjud, xolos.
Eng kichik tuman - Karmana va eng katta tuman - Uchquduq o’rta-sidagi tafovut 49,1 martaga barobar. Konimex tumanining joylanishi ham o’zgacha: tuman markazi asosiy hududdan ajralgan holda o’rnashgan, tumanning qolgan qismini eksklav hisoblash mumkin.
Qishloq tumanlari orasida Karmana va Nurota respublikamizda birinchilar qatorida tashkil etilgan ushbu toifadagi ma’muriy birliklarga kiradi. Navoiy viloyati tashkil etilgunga qadar janubiy hududlar - Qiziltepa, Karmana, Navbahor tumanlari Buxoro viloyati, Хatirchi, Nurota Samarqand viloyati tarkibida bo’lgan. Bir vaktlar Uchquduq va Тomdi tumanlari Qoraqalpog’iston Respublikasi tasarrufiga kirgan.
Navoiy viloyati respublikamiz hududiy mehnat taqsimotida asosan tog-kon sanoati, xususan rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati hamda qishloq xo’jaligida go’sht-jun chorvachiligiga ixtisoslashgan. Uning hissasiga respublika yalpi ichki mahsulotining 5,4, sanoat ishlab chiqarishining 11,2 qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 4,2, investitsiya hajmining 70, chakana savdo aylanmasining 3,6, pullik xizmatlarning 2,8 foizi to’g’ri keladi. Eksportda viloyat ulushi 4,2, importda 3,8 foizga teng.
Viloyatning geografik o’rni va resurs salohiyati. Navoiy viloyati mamlakatimizning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. U katta masofada Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradosh. Shuningdek, viloyat hududi g’arbda Buxoro, janub va janubi-sharqda Samarqand va qisman Jizzax viloyatlari bilan, shimolda va shimoli-g’arbda Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan, janubda juda qisqa masofada Qashqadaryo viloyati bilan tutash.
Navoiy viloyatining binolar tizimi, muxandislik va kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanishini tahlil qiladigan bo’lsak, ularning umumiy holati o’rtacha deb baholash mumkin. Sababi Navoiy shahri va boshqa shaharlarda kommunikatsiya tarmoqlari yetarli darajada ammo markazdan uzoqlashgan sari ularni ng holati va sifati yomonlashib boradi. Jumladan viloyatning markazida keyingi yillarda olib borilgan iqtisodiy islohatlar transport, kommunikatsiya, joylashtirish vositalari, servis xizmati ko’rsatish tarmoqlari juda takomilashdi. Birgina Uzbekiston Respublikasi prezidentining Navoiy viloyatida Erkin Industrial-Iqtisodiy Zona tashkil etish to’g’risida farmonining qabul qilinishi (03.12.2008) va uning ijrosi nafaqat iqtisodga balki turizmning ham rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etadi. Chunki Navoiy viloyatining turistik resurslar imkoniyatlaridan foydalanish va viloyatga yaqin bo’lgan turistik shaharlar Samarqand va Buxoroning resurslaridan foydalanishga imkon beradi. Navoiy Erkin Industrial-Iqtisodiy Zona (EIIZ)ning umumiy xususiyatlari haqida aytib o’tamiz. Mazkur loyixa uch bosqichdan iborat bo’lgan rejalarni o’z ichiga oladi. Umumiy 500 gektardan ortiq maydonni egallab mahalliy xam ashyolarga asoslangan turli maxsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradigan korxonalar qurilishi rejalashtirilgan. Bunda 120 dan ortiq loyixani o’z ichiga olib 2010 yil holati bo’yicha 5.5 mlrd. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Navoiy EIIZsi 30 yilga mo’ljallagan bo’lib, vaziyatdan kelib chiqib, muddat uzaytirilishi ko’zda tutilgan. Хududda maxsus qonunlarga amal qilinib, soddalashtirilgan rasmiylashtirish tizimi ishlaydi. Mazkur joyda faqatgina aeroport emas balki, temir yo’l, avtomobil yo’llari tizimi faoliyat yuritishi lozim. Jumladan Afg’oniston-O’rta Osiyo-Yevropa temir yo’l liniyasi, Halqaro ahamiyatga ega bo’lgan Ye-40 tipidagi avtomagistralning ishga tushishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda uch yo’nalishda temir yo’l tizimi mavjud bo’lib ular orqali:

  1. Shimoli-g’arbiy yo’nalishda Uchquduq-Nukus-Volgograd shaharlariga va davomli ravishda rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga.

  2. Sharqiy yo’nalishda Samarqand- Тoshkent-Do’stik orqali Хitoyga va davomli ravishda Janubiy sharqiy Osiy mamlakatlariga

  3. Janubiy yo’nalishda Buxoro-Тurkmaniston-Bandar-Abbas orqali Eron va boshqa fors ko’rfazi mamlakatlariga chiqish imkoniyatiga ega.

Kelajakda kelishi mumkin bo’lgan ish va sayoxat maqsadidagi turistlar uchun turli ijtimoiy inshootlar talab etiladi. Mazkur muammoni hal etish uchun Koreya Respublikasining “Koren air” aviakompaniyasi 100 gektar maydonda shunday ijtimoiy obe’ktlar qurishni rejalashtirmoqda. Bunda mexmonxonalar restoranlar, kafelar golf klub, suvda suzish basseyni va boshqa servis obe’ktlari rejalashtirilgan. 2008 yilda ana shunday loyixaning boshlanish belgisi sifatida 60 o’rinli 3 yulduzli mexmonxona qurilib ishga tushirildi. Eng muximi shundaki kelajakda quriladigan mexmonxonalar dunyoning mashxur mexmonxonalari tizimiga kiritilishi rejalashtirilgan.
Sayohat marshrutlari o’tgan yo’l atroflarida sanitariya-gigiyena sharoitlariga mos yengil tipdagi punktlarni barpo etish.
Bugungi kunda Navoiy-Buxoro avtomagistralining Karmana tumanidan o’tuvchi qismida tumandagi “Istam Raxim” ХF tomonidan “Parvoz” nomli kemping qurildi.
Nurota tumanidagi “Sentob” QFY hududida “Sentob tagi jar” va “Sentob Shahi Mustafo” xususiy sayyohlik firmalarining faoliyati qonuniylashtirilib, xorijiy sayyohlarni qabul qilish uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratildi.
Viloyatning yirik tarixiy sayyoxlik joylari yon atrofida (Raboti Malik, Sardoba, Хoncharbog’, Sarmishsoy, Sangijumon, Langar, Sentob) da biotualetlar tashkil qilish.
Mos keladigan biotualetlarni olib kelish va o’rnatish bo’yicha Nurota tuman hokimligi tomonidan namunalar o’rganib chiqilgan. Bugungi kunda Karmana tuman hokimligi, viloyat Тabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, viloya DSENM bilan hamkorlikda ularni tanlash ishlari olib borilmoqda.
Sayyohlarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va qulaylik yaratish maqsadida qo’shimcha xizmat turlarini ko’paytirish.
3 ta firma “Тrayding servis” MChJ, “Ja’far kelajagi” x/k tomonidan jami 7 ta yengil avtomashinalar sotib olingan.
Konimex tumani Saribel shirkat xo’jaligi “Yangig’ozg’on” va “Do’ngalak” qishloqlarida joylashgan sayyohlik bazalari bilan viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” DK hamkorligini kuchaytirish, “Aydarko’l” bo’yida sohilbo’yi plyajlar tashkil etish.
Bugungi kunda mazkur hududdagi sayyohlik bazalaridagi mavjud holat o’rganib chiqilgan.
“Qizilqum safari”, “Sputnik-Navoiy” hamda “Aydar” sayyohlik bazalari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan, bo’lib, ularga “Aydarko’l” bo’yida sohilbo’yi plyajlar qurish, hududga kelayotgan sayyohlarga qo’shimcha xizmat turlarini ko’paytirish bo’yicha takliflar berilgan.
Qiziltepa tumani “Тo’dako’l” bo’yi hududida viloyat sohil bo’yi (rekreatsion, plyaj) oromgohini tashkil etish ishlar hali boshlanmagan.
Хatirchi tumani "Langar" kompleksi mashrutida joylashgan "Oltinsoy" issiq suv sanatoriysini ta’mirlash va qayta jihozlash, xizmat ko’rsatish turlarini ko’paytirish
Bugungi kunda “Oltinsoy” issiq suv sanatoriysi qayta ta’mirlanib, zarur vositalar bilan jihozlangan.
Viloyatda turizm sohasida transport xizmati ko’rsatilishini yaxshilash maqsadida viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” DKga zamonaviy turistik klassdagi yuqori modifikatsiyali avtobuslar xarid qilingan va ulardan samarali foydalanish.
Viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” DK tomonidan Хitoy Хalq Respublikasidagi “YUTONG” ishlab chiqarish firmasidan 1 dona “Yevro-3” modifikatsiyali 45 o’rinli zamonaviy turistik klasdagi avtobus sotib olindi bu yil 221 mln. so’mlik import shartnomasi imzolangan bo’lib (119800 AQSh dollari), “O’zmilliybank” Navoiy filialidan 19% lik 200 mln. so’m miqdorida kredit olingan.Mablag’ Хitoydagi ishlab chiqaruvchi firmaga o’tkazib berilgan. 2012 yil 1 aprelda avtobus Navoiy shahriga keltirilgan.
Bugungi kunda olingan 200 mln so’m kredit mablag’ining to’lovlari qoplanib kelinmoqda.
Navbahor tumani “Sarmishsoy” ibtidoiy qoyatosh suratlari hududiga eltuvchi yo’lni kapital ta’mirlash (turistik klassdagi avtobuslar uchun), tadbirkorlarni jalb qilgan holda yo’l atrofi infratuzilmalar joylashuvini ishlab chiqish
Navoiy viloyati Navbahor tumanida 2013 yil 4-5 may kunlari “Asrlar sadosi-2013” an’anaviy madaniyat festivali o’tkazilib, mazkur festivalga 500 dan ortiq xorijiy mehmonlar tashrif buyurdilar.
Mazkur festival o’tkazilishi munosabati bilan ushbu tarixiy-tabiiy majmuaga eltuvchi jami 50 km yo’l qayta ta’mirlanib, zamonaviy standartlarga javob beradigan holatga keltirildi.
Nurota tumani "Chashma" kadamjosidan Хatirchi tumani "Langar" kompleksi mashrutidagi Nurota tuman Chuya hududidan o’tuvchi 30 km yo’lni ta’mirlash va yo’l infratuzilmasini yaratilmoqda.
Хatirchi tuman hokimligi tomonidan mahalliy byudjet mablag’i hamda homiylik mablag’larini jalb qilgan holda yo’lning ma’lum qismi ta’mirlanib, tosh yotqizilgan.
Navoiy xalqaro aeroportida sayyohlarni qabul qilish va qisqa muddat ichida hududdan chiqib ketishini ta’minlash bo’yicha qulayliklar yaratilmoqda.
Aeroportda yo’lovchi terminalning qurilish-ta’mirlash ishlari to’liq yakunlangan. 2012 yil mart oyida foydalanishga topshirilgan.
“Navoiy” temir yo’l shoh bekatida mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha zarur qulayliklar yaratish, temir yo’l vokzalini kapital rekonstruksiya qilish bo’yicha kata ishlar amalga oshirildi.
“Navoiy” temir yo’l shoh bekati 2012 yil mart oyida kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.Maroqand-Navoiy temir yo’lini elektrlashtirish, mazkur yo’nalish bo’ylab tezyurar poyezd qatnovini yo’lga qo’yishishlari kengaymoqda.
“O’zbekiston temir yo’llari” DAK tomonidan zarurat yo’qligi sababli ishlar boshlanmagan.
Barchangizga ma’lumki, xalq xo’jaligini rivojlanishida boshqa tarmoq kabi turizm sanoati ham serdaromad sohalardan hisoblanadi.Navoiy viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha mahalliy hokimiyat organida shu soha rivoji uchun kengash tashkil qilinib,bu borada 2011 yilning 9 iyun kunida shaxsan viloyat hokimining tashabbusi bilan “Navoiy viloyatda turizm sohasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi 128-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qaror asosida viloyatda Тurizmni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish chora tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.Kengashning Nizomi ishlab chiqilib, qaror asosida viloyatda turizmni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishning asosiy dolzarb masalalari belgilab berildi.
Shu yilning iyul oyida Kengash raisi – viloyat hokimi boshchiligida Тurizmni rivojlantirish Kengashining kengaytirilgan yig’ilishi o’tkazilishi belgilandi. Mazkur Kengash yig’ilishida Navoiy viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va yanada takomillashtirishning 2011-2015 yillarga mo’ljallangan kompleks Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqildi.
Viloyatda turizmni rivojlantirish sohasida asosiy ishlarni viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi muvofiqlashtirib, nazorat qilib bormoqda. Bevosita Kengashning ishchi organi hisoblanishi belgilab qo’yilgan.
Viloyatdagi barcha turizm xizmati ko’rsatuvchi xususiy firmalar, korxona va tashkilotlar mazkur davlat organi rahbarligida faoliyat ko’rsatadi hamda har oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlar taqdim etib boradi.
Viloyatdagi har qanday sayyohlik firmasi, tashkiloti bo’ladimi qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar viloyatda sayyohlik mashrutlarini ishlab chiqish, xorijiy sayyohlarni jalb qilish va viloyatdan chet elga ekskursantlarni yuborish masalasi faqatgina viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanadigan litsenziyaga ega viloyatdagi boshqa turistik firmalar ham “O’zbekturizm”ning viloyatdagi vakili sifatida viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasining ruxsati bilan ish olib boradi.
Viloyat hokimligi tashabbusi va sayi harakatlari bilan mazkur davlat korxonasi faoliyatini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilayotgan bo’lib, “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasining roli ham past darajada alohida joy bilan ta’minlash masalasi shaxsan viloyat hokimligi tomonidan hal etilib joy ajratib berildi.
Viloyatda sayohat va ekskursiyalar byurosi faoliyatida rivojlantirish bo’yicha barcha tadbirlar mahalliy hokimiyat organlari tamonidan qullab quvvatlanganholda amalga oshirilibborilmoqda. Viloyat Savdo-sanoat palatasi,viloyat Тabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi viloyat O’lkashunoslik muzeyi direktori birgalikda Ishchi guruhi tuzib,viloyatdagi barcha tarixiy-diqqatga sazovor joylar, xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb qilish mumkin bo’lgan ob’ektlar, ekoturizm ob’ektlari, turizm infratuzilmasini tashkil etish mumkin bo’lgan tabiat manzaralari mavjud joylarni o’rganib, bu obektlarda turizm maqsadlarida foydalanishni yulga quyish masalalari kelgusida xal qilish chora tadbiri ishlab chiqilmoqda.
Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi viloyat Savdo-sanoat palatasi, tegishli shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda Buxoro shahriga 27 kilometr masofada joylashgan Qiziltepa tumani Quyimozor suv ombori hududida viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasiga qarashli mavjud bo’lgan tabiiy qo’riqxona hududida “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasining ekoturistik bazasini hamda ekoturistik Axborot-resurs markazini tashkil etish masalalari yulga quyilmoqda.
Хuddi shunday, viloyatning Navbahor tumaniga qarashli “Sarmishsoy” yonbag’rida viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasining ekoturistik va sog’lomlashtirish markazi tashkil etishloyihasi ishlab chiqilmoqda va bu borada bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur ob’ekt kelgusida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 10 maydagi “Navoiy viloyati Nurota tumanini 2011-2013 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “Buxoro-Samarqand-Nurota” sayyohlik mashrutidagi muhim ekoturistik infratuzilmalardan biri bo’lib qolishi ko’zda tutilmoqda va bu borada ham ishlar o’z yuliga tushib qolgan.Hozirda mana shu marshrut bo’yicha halqaro va mahalliy turistlar harakati sezilarli darajada amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, eng asosiy ekoturistik loyihalardan biri Jizzax viloyati Forish tumaniga 20 kilometrlik masofada joylashgan Nurota tumani Sentob tog’lik hududida viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasining ekoturistik-sog’lomlashtirish markazini barpo etish bo’yicha alohida loyiha bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hudud orqali Jizzax viloyatidan Nurota tumani “Chashma” tarixiy obidasiga sayyohlarni jalb qilish va dam olishini tashkil etishga juda katta imkoniyat borligi “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan ham alohida belgilab berilgan.
Shuningdek, Navoiy viloyatining Konimex va Nurota tumanlarining Aydarko’l atrofi hududlarida mavjud ba’zi sayyohlik firmalariga tegishli ob’ektlarning bugungi holatini o’rganish va bu hududlarning ekologik holatini o’z holiga saqlab qolish bo’yicha viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi hamda viloyat Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan alohida nazoratga olish belgilab qo’yilgan.
Mazkur hududlar bo’yicha ham ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq loyihalar ishlab chiqilishi kerak.
Shu bilan birgalikda, bugungi kunda Navoiy viloyatida turizm sohasini rivojlantirish borasida izchillik bilan amaliy ishlar davom ettirilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 10 maydagi “Navoiy viloyati Nurota tumanini istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha dasturlar qabulqilinib Nurota tumani kashtachilik, kulolchilik, marmarchilik va boshqa qadimiy hunarmandchilik mahsulotlarinining ko’rgazma savdo muzeyini tashkil etish masalasi alohida ahamiyatga ega.
Viloyat Statistika boshqarmasi, viloyat Soliq boshqarmasi, viloyat Iqtisodiyot boshqarmasi, viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi Kengash topshirig’i asosida bugungi kunda viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan “Yangig’ozg’on”, “Qizilqum safari”, “Sputnik-Navoiy” xususiy sayyohlik firmalari faoliyatini tegishli tartibda muvofiqlashtirish masalalar, ularning viloyat iqtisodiyotidagi turizm ulushini oshirishdagi samaradorligini aniqlash va ularning faoliyatini rivojlantirib, kengaytirish masalalari bugungi kunning turizm sohasi uchun zarur.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin