Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Nurota tumanida turizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə82/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Nurota tumanida turizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar:Nurota tumani “Chashma” tarixiy-me’morligi yodgorligiga xorijiy sayyohlarning kelib-ketishi va sayohatini tashkil etish borasida viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi ruxsatnomasi asosida tashkil etish, majmua atrofida kasanachilik asosida Nurota tuman hunarmandchilik mahsulotlari va kashtalari ko’rgazma-savdo muzeyini tashkil etish masalasini muhokama qilish zarur.
Navbahor tumanida turizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar:“Sarmishsoy” hududida viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi ruxsatnomasi asosida xorijiy turistlarning sayohatini tashkil etish hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan holda xorijiy sayyohlar uchun
20 kishilik kottej va yengil konstruksiyali ovqatlanish joyi barpo etish maqsadga muvofiq bo’lib, bu orqali mazkur hudud kelgusida tarixiy-arxeologik va ekoturizm maskani sifatida xorijiy sayyohlarning doimiy gavjum joylaridan biriga aylantirish;
Qiziltepa tumanida turizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar:Тo’dako’l hududi Buxoro shahriga taxminan 25-30 km. masofada ekanligini hisobga olib, qadimiy Buxoro shahriga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarni Тo’dako’l bo’yicha dam olishini tashkil etish, shuningdek, bu yerga yoz va kuz mavsumlarida mahalliy sayyohlarni keng jalb etish maqsadida viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasining dam olish zonasi uchun ko’lbo’yi hududidan 5 gektar hajmda yer ajratish va kurort rekreatsion markaz barpo etish masalasi viloyat Тurizmni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish Kengashida ko’rib chiqilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shuningdek, Quyimozor suv ombori bo’yidagi eski temir yo’l deposi (qariyb 1 gektar) hududida “Jonli tabiat” bioekologik markazi uchun ajratilgan bino mavjud bo’lib, kelgusida mazkur infratuzilmani takomillashtirib, viloyat “Sayohat va ekskursiyalar byurosi” davlat korxonasi bilan hamkorlikda viloyatning ekoturistik ma’lumot markazini tashkil etish va bu yerda viloyatdagi barcha ekoturizm va dam olish maskanlari to’g’risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi;

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin