Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Karmana tumanida turizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə83/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Karmana tumanida turizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar:Mazkur hududda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yildagi “Navoiy Erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil qilish to’g’risida”gi Qarori asosida Navoiy Erkin industrial-iqtisodiy zonasining tashkil etilishi va xorijiy sarmoyadorlar investitsiyalari asosida qo’shma korxonalar faoliyatining yo’lga qo’yilishi kelgusida tumanda va viloyat miqyosida xorijiy mamlakatlardan kelib mazkur hududda faoliyat olib borayotgan shaxslarning sayohat va turizm xizmati ko’rsatish sohasiga talab ortishiga xizmat qiladi.
Shu boisdan, Karmana tumanining Malikrabot hududida barpo etilayotgan mehmonxona va turizm xizmati ko’rsatuvchi muassasalar faoliyatini yuqori darajada tashkil etish va xizmatlarning sifatli yo’lga qo’yilishi yuzasidan doimiy nazoratni o’rnatish talab etiladi.
Kelgusida Navoiy EIIZga kiraverishda barpo etilayotgan “MOТEL” atrofida Nurota va Karmana tumani hunurmandlari tomonidan tayyorlanayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko’rgazma-savdo do’konini tashkil etish masalasini ko’rib chiqish zarur bu ham o’z navbatida EIIZ tashrif buyurayotgan xorijiy ishbilarmon doira vakillari va diplomatlarni befarq qoldirmaydi;
Karmana tumani “Qo’hna Qo’rg’on” MFYda joylashgan “Mirzachorbog’” tarixiy obidasini rekonstruksiya qilish va xalqaro sayyohlik mashrutiga kiritish 100 mil so’mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi ko’zda tutilgan.
Хatirchi tumanida turizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar:Хatirchi tumani Navoiy viloyatining tog’lik hududlaridan biri bo’lib, hududda ekoturizmni rivojlantirish va bu yerga xorijiy sayyohlarni jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ayniqsa, tumanning Langar hududi viloyatdagi eng baland tog’lik hudud hisoblanib, bu yerda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun dam olish zonasi barpo etish maqsadga muvofiqdir. Langar hududi Nurota tumanining Chuya qishloq fuqarolar yig’ini orqali o’tilganida “Chashma” me’moriy yodgorligiga qadar
25-30 kilometrni tashkil etib, mazkur yo’lning Chuya aholi punktigacha bo’lgan
14 kilometrlik qismini ta’mirlash orqali hududni “Chashma”-“Langar”-“Navoiy” kichik turistik mashrutiga kiritish mumkin.
Mazkur turistik mashrut yo’nalishida Langar hududidagi Oqsuv sharshara bo’yi hududini 20-25 kishini qabul qila olish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy tog’oldi dam olish oromgohiga aylantirish (qiymati 150 mln. so’m), mazkur hududdagi dara tepasidan 2-3 kilometrlik masofada kanat yo’li tortish (qiymati 1,5-2 mlrd. so’m), zamonaviy turizm xizmati turlarini yo’lga qo’yish orqali xorijiy va mahalliy sayyohlarni keng jalb qilish choralarini ko’rish mumkin.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin