Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Pahlavon Mahmud maqbarasi va majmuasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə86/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Pahlavon Mahmud maqbarasi va majmuasi. XVIII - XIX asrlar. Bu maqbara 14-asrda yashab o`tgan ulug` mutafakkir shoir, faylasuf olim, kuragi yerga tegmagan pahlavon, mohir po`stindo`z va telpakdo`z usta Pahlavon Maxmud sharafiga bunyod etilgan. Bu majmua Xivada "Hazrati Pahlavon Pir " nomi bilan ham mashlurdir. Pahlavon Mahmud 1247 yili tug`ilib, 1326 yili vafot etgan. Uni Xorazmda "Piryor valiy", "Polvonpir" deb ham atashadi. SHoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud asli ko`hna Urganchdan bo`lib, Xivada yashagan.
Said Magrumjon maqbarasi. XIX asrning ikkinchi yarmi. Ichan qal’a majmuasi tarkibiga kirgan Sirchali arig`i bo`yidagi CHo`pon Eshon qabristonida joylashgan. Bu mukammal madaniy-me’moriy majmuaga mahobatli uchta obida kiradi. Ularning eng yirigi to`g`ri to`rtburchakli bo`lib, turli kattalikdagi uchta madrasadan iborat. Kattasi uzunasiga janubiy-sharqqa cho`zilgan, ikkita kichkina madrasa g`arb tomondan unga birikkan bo`lib, g`arb-sharq tomonga cho`zilgan. Hovli ichkarisida g`arb tomondan markazga ozgina siljigan holda SHayx Said Magrumjon maqbarasi joylashgan. Uning tepasiga katta gumbaz qurilgan. Said Magrumjon zamonasining yetuk allomalaridan hisoblangan. Xalqqa ma’rifat tarqatishda katta xizmat qilgan.
Olloqulixon madrasasi.   XIX asrning birinchi yarmi. Xivadagi Olloqulixon madrasasining qurilishi Ichan qal’aning yaxlit majmua bo`lib shakllanishi tarixi bilan uzviy bog`liqdir. Madrasa qarshisidagi Xo`jamberdibiy madrasasiga o`xshatib ishlangan. Natijada O`rta Osiyo me’morligida keng tarqalgan usulda qo`shmadrasa hosil bo`lgan. XIX asrdan yodgorlik bo`lgan bu madrasani Xiva xoni Muhammad Rahimxonning o`g`li Olloqulixon 1834 yili qurdirgan. Olloqulixon mamlakatda bunyodkorlik ishlariga katta ahamiyat bergan. Uning davrida karvonsaroy, toshhovli, Oqmasjid, Saidboy masjidi kabi inshootlar barpo etilgan. 
Muhammad Aminxon madrasasi. XIX asr. Xorazm me’morligining yorqin namunalaridan hisoblangan, 1851-1855 yillari qurilgan bu madrasaning tashabbuskori Xiva xoni Muhammad Aminxon edi. Madrasada 125 ta hujra bo`lgan. XVIII asrning 60-yillarida Xiva xonligida hokimiyatni qo`ng`irotlar qabilasidan bo`lgan inoqlar asta-sekin qo`llariga ola boshladilar. Ular badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qo`llab-quvvatlashiga erishdilar. Ana shu davrda hukmronlik qilgan Inoq Muhammad Aminxon (1763-1790 y.) qishloq xo`jaligi va savdo ishlari rivojiga keng yo`l ochib berdi. Bu davrda dehqonchilik va hunarmandchilik asta-sekin tiklana boshladi

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin