Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Investitsiya, transport va tashqi iqtisodiy aloqalar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə94/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Investitsiya, transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. 2009-yilda viloyat asosiy kapitaliga 230194 mln.So`m hajmida investitsiyalar kiritildi. Uning 22.8 % i respublika byujetidan, 4.4 foizi korxonalar va aholi mablag`lari hisobidan, 8.1 % i esa xorijiy mamlakarlar investitsiyalari va kreditlariga to`g`ri keladi. Jami investitsiyalarning 2/5 qismi ishlab chiqarish tarmoqlari (sanoatga 14.1 %, qishloq xo`jaligida 16.3 %, 59.0 foizi noishlab chiqarish sohalariga, 28.2 % ta`limga, 21.6 % uy-joy qurilishiga) yo`naltirilgan.Albatta bu quyilmalar kelajakda o`z samarasini beradi. Xorijiy investitsiyalar yordamida 53 ta qo`shni korxonalar tashkil etilgan, ularning 44 tasi faoliyat ko`rsatmoqda. 2008-yilda 39 ta faoliyat ko`rsatgan qo`shma korxonalar viloyat yalpi mahsulotining 19.7 %, eksportning 7.8 % ni ta`minlagan. Ularda jami 1910 kishi ishagan, import hajmi 14813 ming AQSH dollariga teng bo`lgan. Jizzax viloyatining transport geografik o`rni qulay.Bu yerdan katta o`zbek trakti, elektrlashtirilgan temir yo`l o`tgan. Viloyat va uning markazi Jizzax shahri Toshkent, Samarqand, Bekobod shaharlari bilan aloqa qilish uchun qulay imkoniyatga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar, asosan Xitoy (33.6 % tashqi Tovar aylanmasi), Rossiya (17.6 %), Shvetsariya (11.7 %), Gonkong (8.3 %), Turkiya (8.2 %), Singapur (7.2) va boshqa davlatlar bilan olib boriladi. 2009-yilda viloyatning tashqi savdo aylanmasi 104.9 ming AQSH dollariga teng bo`lgan holda, eksport 732 va import 31.7 mln. dollarni tashkil qilgan. Eksport tarkibida paxta tolasi 81.6 %, oziq-ovqat mahsulotlari 10.8 % o`rinlariga ega. Import tarkibida esa mashina va uskunalar 35.6 %, kimyo va undan tayyorlangan mahsulotlar 32.4 %, oziq-ovqat mahsulotlari 7.4 % ni tashkil qilgan.
Jizzax-Sirdaryo turistik rayoni o’zining tabiiy rekreasiya resurslari, o’ziga xos landshaft zonalari va qadimiy manzilgohlari bilan mashhur. Jizzax viloyatining Morguzar va Turkiston tog’ tizmalaridagi tabiiy va rekreasiya maskanlari, Sangzor daryosi havzasining landshaft zonalari ushbu rayonning turizm imkoniyatlarini oshiradi. Undan tashqari Zomin va Baxmal tog’ va tog’oldi mintaqalari aziz qadamjolar hamda dam olish maskanlariga boy hisoblanadi. Turistik rayonda ekologik turizmni rivojlantirish borasida amaliy ishlar boshlangan. «Ekosan» xalqaro jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan Jizzax viloyatining Zomin milliy bog’i va Nurota qo’riqxonalariga marshrutlar ishlab chiqilgan. Zomin milliy bog’i Toshkentdan 250 km o’zoqlikda bo’lib, viloyatdagi Tureiston tog’ tizmasining shimoliy yonbag’rida joylashgan. Bog’ning umumiy maydoni 24,1 ming ga, shundan 12,1 ming ga o’rmonlar va 16,7 ming ga o’rmon bilan qoplangan yerlardan iborat. Milliy bog’ rekreasion zonalardan iborat. Unga ekologik turizmni soylar bo’ylab, hamda tabiatning ajoyib obyektlariga piyoda va otlarda uyushtiriladi.
Nurota davlat qo’riqxonasi Jizzax viloyati Forish tumanida Nurota tog’ tizmasining yonbag’rida joylashgan. Umumiy maydoni 17,7 ming ga bo’lib, turistik marshrutlar piyoda va otlarda uyushtiriladi. Marshrutlar asosan ibtidoiy jamiyatning toshlarga chizilgan rasmlari, relikt daraxtlar, Seversov qo’ylarining tabiatdagi populyasiyasini o’rganish va tomosha qilishga asoslangan.
Undan tashqari Jizzax viloyatining Baxmal tumani so’lim go’shalari, hamda muqaddas ziyoratgohlarga boy hisoblanadi. Bunda G’allaorol tumanidagi Sadir Vaqqos avliyosini qo’shib hisoblaganda 11 ta muqaddas joylarni ziyorat qilish qo’lay hisoblanadi. Bu ziyoratni Qirqqiz avliyo – Do’lana avliyo – O’smat ota – Novqa ota – Mir Said Ahmad – Bog’imazor ota – Jo’m-Jo’m ota – Azizlar – Terakli ota – Xo’ja Ko’ndalang – Sadir Vaqqos avliyo yo’nalishida tashkil etish mumkin.
Mazkur turistik rayonda turizmni rivojlantirishning asosiy muammosi turizm infratuzilmasini yaxshilashdir. Mintaqada turistik xizmat ko’rsatishning barcha tarmoqlarini rivojlantirish talab etiladi. Shunda, mazkur mintaqada iqtisodiyotida turizm o’z o’rniga ega bo’ladi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin