Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə97/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

3. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
Qishloq va fermerlar hayoti turizmi Jizzax viloyati tabiiy sharoiti turli tuman hisoblanadi. O`lkaning shimoliy qismini Mirzacho`lning janubiy qismi egallaydi. Bu hudud XX asrning 60-70 yillaridan boshlab o`zlashtirila boshladi. O`zlashtirilgan joylarda asosan sug`orma dehqonchilik rivojlangan. Shu sababli viloyatning shimoliy qismida asosan paxta, don, poliz mahsulotlarning yetishtirish bilan bog`liq fermer xo`jaliklari rivojlangan. Viloyatning janubiy qismida joylashgan Forish, Zomin, G`allaorol va Baxmal tumanlarida fermer xo`jaliklari lalmikor dehqonchilik, bog`dorchilik, sabzavotchilik, kartoshka yetishtirish, cho`l yaylov chorvachiligi, qoramolchilik bilan shug`ullanishadi. Xorijlik turistlar uchun viloyatning turli hududlarida mavjud fermerlar hayoti bilan tanishish, ularning mahsulot yetishtirish texnalogiyalari bilan tanishish katta qiziqish uyg`otadi. Bundan tashqari Jizzax viloyatining tog`li hududlari hisoblanmish Baxmal va Zomin tumanlarida yilqichilik ham rivojlangan. Bu yerda yashovchi mahalliy aholi yilqi sutidan qimiz tayyorlaydi. Qimiz juda ko`p kasalliklarda davo hisoblanadi. Shuning uchun chet ellik turistlar uchun qimiz tayyorlash texnalogiyasi bilan tanishish juda katta qiziqish uyg`otadi.
Qadimgi tabiat yodgorliklari turizmi. Jizzax viloyatida xorijiy turistlar uchun juda katta qiziqish uyg`otadigan turizmning maxsus turlaridan biri tabiatning noyob yodgorliklariga sayohat hisoblanadi. Bularga qadimgi odam shaklidagi tosh qotgan haykallar, qo`y shaklidagi toshlar, sharsharalar, karst buloqlarlari, tabiatning so’lim go`shalari va karst buloqlarini ko`rsatish mumkin. Ana shulardan biri Oyqor hisoblanadi. Tadqoqotchi M.Hoshimovning (2009-yil) takidlashicha: “Oyqor” cho`qqisining nomi “oy” va “qor” so`zlarining qo`shilishidan kelib chiqqan bo`lib, u Sangsoz daryosining yuqori qismidagi Turkiston tog`ining bir qismi bo`lgan Chumqortog`ning baland joyida joylashgan. Chumqortog`ning Oyqordan ham balandroq qismlari ko`p bo`lsada ular ichida Oyqor o`z go`zalligi bilan ajralib turadi. Oyqor umuman, mukammal va yodda qoladigandir.Uning gumbazsimon cho`qqisi nimasi bilandir so`ngan vulqona ko`rinishini eslatadi va uzoqdan ulkanligi bilan kishida taassurot qoldiradi. Cho`qqi xuddi ufq ustida o`zining tik yonbag`irlari bilan muallaq turgandek ko`rinadi.
Oyqor cho`qqisi yozning faqat ikki oydagina qor qoplamidan hosil bo`ladi. Bu davrda yonbag`irlarini qalin o`tlar va gullar bilan qoplaydi. Boshqa davrlarda, hattoki, saraton jaziramasi boshlangan davrda ham cho`qqisida qor bo`ladi. Oyli tunda qor qoplami o`zidan sehrli nur taratgandek bo`ladi. Shimolga qaragan tik yonbag`ri o`zgacha yorqin oy nurida cho`madi. Oyqorning dengiz sathidan 3200 metr, O`smat posyolkasidan 2500 m baland bo`lgan ulkan gavdali bunday tunlarda oy nurida bulutdek yaltiraydi, ayniqsa, to`lin oy kechalarida go`zal nom bilan atalgan.
Xalq orasida bu afsonaviy toqqa atab ko`plab rivoyatlar, hikoyatlar to`qilgan va hatto qo`shiq qilib kuylangan. Afsonalardan biri tog` etadigadi tarixi uzoq asrlarga bog`langan. O`smat qishlog`i (hozir O`smat posyolkasi) nomining kelib chiqishiga izoh berilgan. Unga ko`ra bir vaqtlar tog` etaklaridagi aholi o`zidan kuchi bir necha marta oshiq bo`lgan Iskandar Zulqarnayn lashkarlariga qarshi kurashga kiradi. Jahongir bu joydan boy Usrushona o`lkasiga o`tib o`tib ketayotgan edi. Lekin kam sonli vatan himoyachilari bir necha tunu kun mardonavor chang qilib, halok bo`lishdi. Faqatgina ozroq changchilar jasur boshliqlari Usmat boshchiligida dushman xalqasini yorib chiqadi va daraga kirishadi. Quvib kelayotgan dushman ko`z oldida ular oy nurida billurdek yaltirab turgan tog` yon bag`riga kirib g`oyib bo`lishadi. Dushman yaqinlashganda esa oy bulut orasiga yashinadi va yon`atrof zulmatga ko`miladi Keyinchalik aholi tog` orasiga kerib ketgan qahramon sharafiga qurilgan qishloqni uni nomi bilan Usmat deb atay boshlaydi. Albatta bu afsona, lekin, u go`zal joyga husn beruvchi yana bir qo`shimchadir. Lekin qadimgi yunon tarixchilarining ishlari shu tuman atrofida bosqinchilar bilan vatan himoyachilari o`rtasida bo`lib o`tgan bir jang haqida xotira bor. Iskandar Zulqarnay Usrushona o`lkasiga borishda yo`lini qoyalar ustida chiqib olgan 30 ming qurollangan mahalliy aholi to`sadi.Shiddatli jangda Iskandar Zulqarnay birinchi marta tizzasidan yarador bo`ladi. Lekin kuchlar teng bo`lmaganligi sababli Vatan himoyachilardan ko`plari qoyalarga dushman o`qida halok bo`ladilar.
Shunisi qiziqki,tog`li Zarafshonning ko`p qismida Iskandar Zulqarnay nomi bilan bog`liq joylar ko`p bo`lsa ( masalan Iskandarko`l) Samarqanddan sharqda va Jizzax atrofida bunday nomlar yo`q. Bu esa, albatta, Iskandar Zulqarnaynning Usrusha aholisidan eng yomon taassurot qoldirgani uchun, ataylab xalq uning nomini unutgan bo`lsa kerak.
Oyqor hozirgi yozuvchilar o`rtasida ham mashhurdir. Uning haqida M. Shverdin va Nurali Qobil o`z kitoblarida ko`p eslashgan. Oyqorni o`tmish sayyohlari ham ko`p yozishgan. Faqat Oyqorning go`zalligini o`z ko`zi bilan sayyohgina uni ko`rgan va o`tmish sayyohlari u haqida kuylamasiligi mumkin emas. Hozirgi vaqtda Oyqor dam oluvchilar uchun ajoyib maskanlardanbo`lib, u yerda Jizzax, G`allaorol va ko`p joylardan aholi dam olish uchun chiqadi.Qishqa ham, yozda ham dam olish mumkin. Oyqir yonida qishlik chang`i sporti ba`zan tashkil qilinsa, u yerda 5 oy, ya`ni noyabrdan-martgacha foydalanish mumkin.
Agar tog` zonasi yaxshi o`rgnilib, yo`llar olinsa, tabiat va tarixiy yodg orliklari ta`minlansa sayohat maskanlari o`rganilib chiqilsa kelajakda Oyqor sayohat bo`yicha eng yaxshi mashhur joylardan biriga aylanadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin