Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə98/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Chor tangi. Zominsuv havzasida Chortangi (to`rt tor dara) deb atalgan joy bor. Bu ulkan dara uzunligi 10 kilometrga, chuqurligi 1000 metrga boradi va uchta ko`zga ko`rinarli bo’lmagan tog` daryolari- Qashqasuv, Qizilmozor va Ko`lsuv tomonidan yaratilgan. U uchala tog` daryosi bir ulkan daryoga aylanishidan oldin ulkan tog` orasidagi tekisli joydan kesib o`tadi. Bu tekilik ham aslida ichkariga qarab bukilgan va to`lqinsimon relyefga ega. Bu joyning ancha qismi g`ovak va yosh tog` jinslaridan tashkil topgan. Bular asosan toshlar,qumlar, qizil rangli konglomeratlardan tashkil topgan. Bu qatlamlar qadimiy tekislik ustida joylashib, uning yoshi 200 milliondan yildan kam emas. Qizilmozor qishlog`idan shimolroqda bu tekislik unga katta bo`lmagan burchak ostida yer yuzasiga chiqadi, keyinesa deyarli 2 kilometrga yaqin enarlik hosil qilib, Zominsuv darasida tugaydi. Qachonlardir yer osti kuchlari bu yerdagi paleozoy plitasini ko`targan va natijada nurash jarayonlari aktivlashgan. Qashqasuv, Qizilmozor va Ko`ksuv uni uchta dara shaklida kesib o`tgan.Kesib o`tish jarayonida ular har xil qattiqlikdagi tog` jinslari ustidagi o`tgan va sharsharalar hosil qilgan. Keyin bu uch dara birlashgan va juda ulkan to`rtinchi daraga aylangan, uning pastida o`tgan zamonlardan beri ma`lum bo`lgan kichkina qishloq joylashgan.
Qirq qizlar.Turkiston va Molguzar tog`lari tutashgan xushmanzara joyda Guralash qo`riqxonasi joylashgan. Bu yerdagi tog` yonbag`rida bo`yi 10 metrga yetadigan odam davrasiga o`zshash ikkita tog` uchraydi. Ulardan bir necha metr narida esa, bir qator qilib tuzilgan, qirqqa yaqin tosh shakllari bor. Bu mashhur Qirq qizdir. Afsonalarga ko`ra bir vaqtlar bu yerda qudratlilikda tengi yo`q mashhur bir shoh hukmronlik qilgan. U sevimli malikasi uchun tog`lar orasidagi eng go`zal joydan hashamatli qasr qurdiradi va o`z malikasi yoniga tez-tez kelib turadi. Malikaning go`zalligi el orasida keng tarqalgan edi. Qo`shni mamlakatlar shohi malikaga oshiq bolib qoladi va uni qo`lga tushirish paytiga tushadi. Kunlarning bir kuni shohning bir o`zi malika yoniga kelg ndan xabar topgan qo`shni mamlakat podshosi qo`shin tortib keladi va qasrni o`rab oladi. Kuchlar teng bo`lmagan jang boshlanadi. Shoh, malika va qirq kanizak mardonavor jang qiladilar. Lekin, ular yengiladilar. G`olb shoh, malikani talab qiladi.Shunda bir-birini sevgan shoh va malika ey patvardigor judolik alamini torttirgandan ko`ra, yaxshisi toshga aylantir deb iltijo qiladilar.Bu nola ijobat bo`lib, hammasi toshga aylanadi. Bu bir go`zal afsona, albatta haqiqatda esa bu ilmiy adabiyotlarda yer piramidalari, deb ataluvchi va morena tuz yotqiziqlarida ko’p uchrovchi nurashning bir xili xolos.Qadimgi davrlarda bo`lib o`tgan kuchli muz siljishlaridan keyin bu joylarga ko’plab loy, qum, shag`al va xarsang toshlar aralash yotqiziqlar qoldig`i ular yillar mobaynida yuvilaverib har xil shakllar paydo bo`ladi. Million yillar muqaddam Qirq qiz o`rnida tog` muzliklar mavjud bo`lib, ular siljiganda har xil yotqiziqlarni ham surib kelgan. Ular erigandan keyin yerda qum, shag`al, loy, xarsang toshli yotqiziqlar qolgan. Yon tevaragidagi yotqiziqlar yuvilib ketishi natijasida konussimon shakldagi ustun ustiga chiqib qoladi. Pirovardida odam darajasiga o`xshahs shakllar paydo bo`ladi. Tepadan qaraganda bir to`p qizlar daryoga tushib borayotganga o`xshaydi. Sguning uchun ham bu ajoyib ko`rinishli joyni Qirq qiz deb atashgan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin