Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə99/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Tosh qo`ylar. Afsonaviy joylardan yana biri Nurota tog`idagi Qo`ytosh nomi bo`ladi. Qo`ytosh posyolkasidan chiqib sharqiy yonbag`rida uzoqdan qaralsa ko’m-ko’k yaylovga o`tlar orasida dam olib qo`ylar podasiga o`xshash xarsang toshlar ko`rinadi. Dinga e`tiqodi kuchli insonlar afsonasiga ko`ra bu yerda o`tlab yurganda, xudoning qahriga uchrab toshga aylanib qolganligi. Nazarimizda bu hech qanday sirli hodisa bo`lmay, balki yaqqol tabiatning mo`jizalaridan biri xolos. Bu yonbag`ir intruziv (otqindi) tog` jinslaridan biri bo`lgan granodioritlardan tashkil topgan. Mazkur jins har xil minerallar kvars, dala shpati va shunga o`xshash jinslardan tashkil topgan bo`lib, bu minerallar tashqi ofatlar ta`siri- shamol, yomg`ir, issiq-sovuqqa chidamli har xil bo`lganidan tezda yemirilib dumaloq shaklni oladi. Shuning uchun uzoqdan qaraganda, ular qo`y podasini eslatadi.
Karst buloqlar. Jizzax viloyati tog`li hududlarida ohaktoshli yotqiziqlar ham keng tarqalgan bo`lib, ular joylashgan joylarga yer osti suvlari buloq shaklida yer yuzasiga chiqib buloqlarni hosil qiladi. Ana shunday buloqlardan biri Turkison tizmasining g`arbiy qismi shimoliy yon bag`rida joylashgan Novqa bulog`i hamda Molguzar tog`ining janubiy yonbag`rida joylashgan Sadinvaqqos (avliyo) bulog`I hisoblanadi.Ushbu buloqlar atrofga nisbatan o`zining xushmanzaraligi bilan ajralib turadi hamda yozda mahalliy aholi va viloyat markazi Jizzax shahridan dam olishga keluvchilar uchun ajoyib dam olish maskanlari hisoblanadi.
Milliy hunarmandchilik turizmi. Jizzax viloyati aholisi ayniqsa Baxmal.G`allaorol, Forish va Zomin tumanlari aholisi qadimdan chorvachilik bilan shug`ullanib kelishgan.Ushbu tuman aholisi ayniqsa qo`ychilik va yilqichilik bilan shug`ullanishgan. Shu sababli tumanda yashovchi xalqlar o`rtasida qo`y junidan har xil buyumlar ya`ni gilam, olacha (polos), kigiz bosish kabi hunarmandchilik ishlari rivojlangan. Hozirga qadar qo`y juni asosida chiroyli gilamlar to`ish, olacha to`qish ishlari rivojlangan. Shu sababli xorijiy sayyohlar uchun mahalliy aholining milliy hunarmandchilik ishlari va ularning mahsulotlarini ko`rish katta qiziqish uyg`otadi. Bundan tashqari, Jizzax viloyati Baxml tumaniaholisi qadimdan yilqichilik bilan ham shug`ullanishgan Shu sababli Baxmal tumanida otlarga egar yasashdan iborat milliy hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Shu munosabat bilan xorijiy sayyohlarga otga egar yasash hunarmandchiligini ko`rish ham katta qiziqish uyg`otadi. Shu munosabat bilan Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan turistlarni viloyatning Baxmal, G `allaorol, Forish va Zomin tumanlarida qo`y junidan tayyorlanadigan hamda yog`ochdan tayyorlanadigan hamda yog`ochdan tayyorlanadigan ot anjomlarini ko`rsatish uchun ushbu tuman qishloqlariga olib chiqish muhimahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari respublikamizda tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini yanada ko`paytirish maqsadida milliy hunarmandchilik buyumlarini yasashni reklama qilish ham katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin