Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə101/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Nurota tog`-o`rmon qo`riqxonasi. Nurota tog`-o`rmon qo`riqxona (rezervatsiya)si Shimoliy Nurota tog`ining markaziy qismida joylashgan bo`lib u ma`muriy jihatdan Jizzax viloyatining Forish tumaniga qaraydi. Qo`riqxona O`zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Zoologiya va Parazitalogiya instituti xodimlarining tashabbusi bilan 1975-yilda yo`qolib borayotgan Qizilqum qo`yini saqlab qolish uchun tashkil qilingan. Qo`riqxonaning umumiy maydoni 100 ming gektarga teng. Hozirgi kunda Aydar-Arsanoy cho`kmasi o`rnida tarkib topgan Aydar-Arnasoy ko`llar tuzilmasining bir qismi ham ushbu qo`riqxona tarkibida kiritilgan bo`lib, ushbu qo`riqxona mazkur hududdagi biologik xilma-xillikni muhofaza qiishga qaratilgan. Shu sababli ushbu qo`riqxona Nurota tog` yong`oq o`rmon qo`riqxonasi deb yuritiladi. Nurota qo`riqxonasining iqlimi yoz oylarida ancha salqin. Iyul oyining o`rtacha harorati 29.40ni tashkil qiladi. Yog`inlar asosan qish va bahor oylarida yog`adi. O`rtacha yillik yog`in miqdori 250-500 mm. Atmosfera yog`inlarining ancha ko’p bo’lsa qo`riqxona hududida joylashgan Uxum va Majrumsoylarning ancha sersuv bo`lishiga olib keladi.
Qo`riqxona hududida 1200 dan ortiq o`simlik turlari uchraydi.Ularning 1000 tasi shu yer uchun endemik hisoblanadi. Qo`riqxonada o`simliklar balandlik mintaqalari bo`ylab tarqalgan.Tog`-yonbag`irlarida astragal, tog`larda pista, bodom, o`rik, olcha, tut, olma, nok undan yuqorida Zarafshon archasi o`sadi. Qo`riqxonadagi noyob daraxtlardan biri savr daraxti.Ayniqsa majrumsoyda asriy savrlar o`sadi. Qo`riqxonaning hayvonot olami ham o`ziga xos. Sudralib yuruvchilardan kaltakesak, echkiemar, toshbaqa va ilonlar uchraydi. Qushlardan mayna, bulbul, kaklik, bedana, zag`izag`on.Kam uchraydigan yirtqich qushlardan-tasqara, boltayutar, qora kalxat, burgutlar uchraydi.
Qo`riqxonada okean sathidan 600-1200 m balandlikda Qizilqum qo`yi yashaydi.Noyob “Qizilqum tog` qo`yi”, “O`zbekiston qizil kitobi” ga kiritilgan. Muhofaza tufayli tog` qo`yi muntazam ko`paymoqda. Nurota tog` o`rmon qo`riqxonasi va uning atrofini uch qismga bo`lish mumkin. Uning birinchi qismi inson xo`jalik faoliyati butunlay taqiqlangan mintaqa. Uning maydoni 22.5 ming gektarni tashkil etadi. Ikkinchi qismi qo`riqxona atrofidagi himoya mintaqasi bo`lib, ushbu mintaqaning tabiati qanday bo`lsa shundayligicha saqlashdan iborat. Bu yerda inson xo`jalik faoliyatining ta`siri deyarli sezilarli bo`lmaydi. Uchinchi (agro) mintaqasida esa biosfera rivojiga salbiy ta`sir etmaydigan xo`jalikning ishlari olib boriladi. Qo`riqxona va uning atrofi bunday qismlarga ajratish, global ahamiyatga ega bo`lgan biologik xilma-xillikni saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Qo`riqxonani tashkil etishdan maqsad bu yerdagi mavjud bilogik xilma-xillikni saqlab qolishdan tashqari, ushbu qo`riqxona atrofida yashayotgan aholining qo`riqxonani muhofaza qilishdan manfaatdorligini oshirishdan iborat. Buning uchun mahalliy aholini shu yerdagi amalga ashirilayotgan tabiat muhofazasiga jalb qilishdan ibotar. Buning uchun qo`riqxona atrofida joylashgan qishloqlarning etnografik muzeyini yaratish maqsadga muvofiq.Ushbu muzeyda mahalliy aholining urf-odatlari o`z aksini topishi lozim. Bundan tashqari Qo`riqxonaga keluvchi sahhoylarning dam olishga mo`ljallangan qora uydan tiklangan mehmonxona va ovqatlanadigan joylar bo`lishi shart. Qo`riqxonadagi noyob hayvonot olami, o`simliklar olami, noyob daraxtlar bilan tanishtiradigan yo`lovchini ham mahalliy aholidan tanlash kerak. Yo`lovchi qo`riqxonaga boradigan barcha so`qmoq yo`llarni yaxshi bilishi shart va turistlarni shunday qo`riqxonaga olib borish kerakki, ularning tabiatiga ta`siri butunlay sezilmasin. Qo`riqxonga kelgan sayyohlarni transportda olib borish uchun bu yerda mahalliy aholining otlaridan foydalanish lozim. Sayohatchilarga sotish uchun mahalliy aholi tominidan har xil suvenerlar tayyorlash, mahalliy to`quvchilar tomonidan to`qilgan matolar tayyorlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday ishlarning amalga oshirish mahalliy aholining qo`riqxonasi himoyasida faol ishtirok etishga va ularning qo`riqxona himoyasidan manfaatdor bo`lishga olib keladi.
Nurota-Qizilqum biosfera qo`riqxonasida tabiatni muhofaza qilish ishiga yangicha yondoshish O`rta Osiyoning boshqa hududlarida ham tashkil etishga qo`riqxonlarda shunday ishlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin