Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Milliy madaniyatga qiziqish turizmi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə96/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Milliy madaniyatga qiziqish turizmi. Turizmning ushbu turiga xalqimizning qadimdan tarkib topgan urf-odatlari, oila hayoti, milliy etiket, kattalar va yoshlar munosabati, uy tutish, kelin to`yi, sunnat to`yi, mehmon kutish va mehmondorchilik munosabatlari bilan xorijiy turistlar tanishish imkoniyatlariga ega bo`ladilar. Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi xalqlarning urf-odatlari respublikamizning boshqa hududlarida yashovchi xalqlar urf-odatlariga o`xshash. Chunki ushbu hududda yashovchi aholi qadimdan respublikamiz boshqa hududlarida yashovchi xalqlar bilan bordi-keldi qilganlar. O`zlarida shakllangan urf-odatlariniboshqa hududlarda yashovchi aholining urf-odatlari bilan to`ldirilgan. Ana shnday urf-odatlardan biri mehmindorchilik hisoblanadi. O`zbek xalqiga mehmondorchilik odati keng tarqalgan udumlardandir. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida shakllangan mehmondorchilik odati hayotiy zaruratlar bilan bog`liq bo`lgan va tarixning turli bosqichlaridan o`tib hozirga qadar yetib kelgan. Ma`lum sabablar bilan tarqalib ketga urug’-aymoqlar bir-birlarini axtarib topgach, ular ulug` mehmon tarzida izzat-ikrom va bilan kutib olingan. Bora-bora mehmondorchilik xalqlarning udumiga aylangan, mehmonga nafaqat urug`doshlar va qarindoshlar, hatto begona kishilar, musofir yo`lovchilar ham qabul qilingan. Mahalla va qishloq jamoalari xonadonlarida mehmonni kutish uchun maxsus xonalar mehmonxona qurilgan. Odat bo`yicha mehmon mehmnxonada qabul qilingan. Mehmonxonasi bo`lmagan xonadon uni yashab turgan uyida kutgan. Xonadonga kelgan mehmonni, qavm-qarindoshni kattalr bilan bolalar ham birgalikda chiqib kutib olgan. Mehmon odatda mehmonxonaning yoki uyning to`rida o`tkaziladi. To`kin dasturxon yozilib, non va choy keltiriladi. Keyinroq taom pishirilib tortiladi. Mehmon ketar vaqtda uning oti yoki ot-aravani yo`lga hozirlagan va otga minishiga yordam berilgan: bolalar mehmon bilan kattalr qatorida xayrlashgan.
O`zbekcha mehmondorchilik taomilidan yana biri mehmon kishining xonadoniga kelishidan qatiiy nazar uni zudlik bilan ko’rishishga oshiqqanlar. Chunki mehmon, ayni vaqtda qishloq va mahalla jamoasining ham mehmoni hisoblanadi. Mehmonni navbati bilan boshqa xonadon sohiblari ham uylariga taklif qilish odati bo`lgan. Ulug` mehmon oyog`i tagida poyondoz to`shab, ba`zan qo`y so`yibkutib olingan.Ziyofatda qo`shnilar, mahalladoshlar yoki oqsoqollari hurmatli kishilar taklif etilgan. Mehmonni kuzatish oldidan sarpo kiydirish odat ham bo`lgan. O`zbek xalqining mehmondorchilik taomillari ajdodlardan avlodlarga o`tib, hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Kattalarni hurmat qilish o`zbek xonadoni umuminsoniy qadriyatlardan bo`lib, bolaga juda yoshligidan boshlab o`rgatilgan. Yoshi katta kishining ishiga yordamlashish odat va odob hisoblangan. Jamoa yetakchisining yoki olia boshlig`ining qarori olia va jamoa manfaatlariga mos kelganligi uchun uni bajarish shart hisoblangan. Qariyalar ayni vaqtda o`tmishdan meros bo`lib kelayotgan va kundalik hayot uchun zarur bilmlarni xususan, o`tmishdan meros bo`lib qolgan tomoni (urf-odat) larni yoshlarga o`rgatganlar. Bolalar nafaqat ota-onalarining, balki qishloq yoki mahalla jamoasi kattalarining ham diqqat e`tiborida bo`lgan. Yoshlar ayni jamoaga milliy meros va urf-odatlarni yoshlarga o`rgatganlar. O`zbek xalqining hayotida mavjud bo`lgan tartib va qoidalar xalq an`analariga hamda islom dini va shariat qoidalari asosida yuzaga kelgan, albatta odob qoidalariga rioya qilish oiladan boshlangan. Yoz paytlarida ayniqsa, barvaqt turilgan.Bolalar bet qo`llarini yuvib kattalarga salom bergan. Kattalar ayniqsa, mehmonlar qo`liga suv quyilgan.
Dasturxon oilaning ko`rki, to`yimlik ramzi hisoblangan.Uning atrofiga yig`ilib o`tirish ham ma`lum odob doirasida bo`lgan. Dasturxonga hurmat bajo keltirish odobga aylangan. Dasturxon “Bismilloh” bilan ochilib, yaratganga shukrona aytilib, o`tganlar haqqiga duo fotiha qilib, tiriklarga sihat-salomatlik, dasturxonga qut-baraka, elu-yurtga tinchlik va farovonlik tilab yig`ishtirilgan. O`zbeklarga yerni haydash, uni ekishga tayyorlash, suv keltirish, zamin bag`riga yetishtirilgan hosilni tig`ishtirib olish savob, dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniqsa dehqonchilik mavsumining boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlanib, Respublikamizning qator mintaqalarida bahorgi shudgor oldidan “is chiqarish” marosimi o`tkazilgan.Har bir oilada ayollar bo`g`irsoq, cho`zma pishirishgan.Qozonga yog` yaxshi qizitilib, so`ngra unga xamir tashlangan. Yerni haydashdan oldin ho`kizlarning shoxlari va bo`yin turig`ini yog` bilan moylashgan. Ho`kizlarni yomon ko`zdan asrasindeb tumor taqilgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepish oila yoki qishloqdagi hurmatli keksalar boshlab berishgan. Bahor faslidagi bayram va sayillardan tashqari kuz mavsumidagi to`kin-sokinlik bilan bog`liq bayram va sayillar ham mavjud. Shulardan biri Hosil bayrami.Bu bayram ham o`zbek xalqining qadimgi tantanalaridan hisoblanadi. Bayram kunlari (2-3 kun) dehqonlar yetishtirgan mahsulotlarni sayil joylariga olib kelib sotishgan. Bayram sayilgohlarida shahar hunarmand-kosiblari ham o`z mahsulotlarini olib chiqib musobaqa uyushtirishgan. Hosil bayrami va u bilan bog`liq marosimlar bir muncha o`zgarishlar bilan hozirga qadar yetib kelgan. Har yili dala va bog`larda yetishtirilgan hosil yig`ib olingandan keyin qishloq jamoalari ma`lum kunlari hosil bayrami deb e`lon qilinadi. Bu kunlar yetishtirilgan mahsulotlar belgilangan joylarga (yarmarkalarga) keltirilib sotiladi. O`zbeklarda ham boshqa xalqlar singari inson hayoti ibtidosidan intiqosigacha turli-tuman marosimlar bilan birlashgan. Insoniyat hayotining muhim burilish nuqtalari bilan bog`liq tarzda o`tkaziladigan tadbirlar oilaviy marosimlar deb ataladi.
Aqiqa. O`zbek oilalarida yangi tug`ilgan bolaga ism qo`yish va “qorin sochi” (bolaning tug`ulgandagi sochi) ga qaysi urish bilan bog`liq odat. Islom an`anasiga ko`ra, odatda chaqaloq 7 yosh 14 yoxud 21 kunligida o`tkazish tavsiya etiladi. O`zbek xalqiga qadimdan saqlanib kelinayotgan yana bir marosim Xatna qilish (o`g`il to`yi) dir. Bu marosim ham uzoq tarixiy davrlar bilan bog`liq bo`lib, u insoniyat tarixining ilk davrlaridagi o`g`il bolalarni bir yosh bosqichdan ikkinchisiga o`tishini maxsus marosim tarzda nishonlash bilan bog`liqdir. Bunday odatlar keyinroq islom dini tarqalgan mamlakatlarda udumga aylangan. Bu marosim o`g`il bolalarda 3,5,10 yoshda, ayrim hollarda 11,12 yoshda o`tkazilgan.
Jizzax-Sirdaryo turistik mintaqasining Za­rafshon daryolari qayirlarida joylashgan tuqay landshafti, undagi o’simlik va hayvonot dunyosini mu­hofaza qilish uchun tashkillashtrilgan "Zarafshon qo’rikxonasi" mavjud. Buxoro viloyatinint Shofrikon o’rmon xujaligi x,ududida joylashgan qum cho’l landshafti, u yerdagi o’simliklar va hayvonlar hamda ta­rixiy yodgorlik (Vardanza shaxar xarobalari) davlatning alohida etibori bilan qo’rikdanadi. "Var­danza qo’riqxonasi", "To’dakul flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi", Qoravulbozor xo’jaligida joylashgan "Jayron-ekomarkazi", suv va botqoqqa moslashgan qushlarni kupaytiruvchi "Dengizkul buyurtmaxonasi", Zarafshon tog’ tizimlaridagi Omonquton va Temurlang karst g’orlari kabilar. Zarafshon ekoturistik rayonda O’zbekistonning qadimgi shaharlari Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga muvofikdir.
Aydarko’l ko’llar tizimining paydo bo’lishi bevosita Mirzacho’lning o’zlashtirilishi bilan bog’likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj suvlarining Aydarko’l botig’i tomon harakatlanishi natijasida botikdagi Tuzkon ko’lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko’l ko’llarining paydo bo’lishiga olib keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o’zgarishlar Chordara suv omboridagi (1969) ortikcha suvlarning tashlanishi bilan bog’liq. Bu suvlarning to’planishi natijasida Arnasoy ko’llari birlashib yagona Aydarko’llar tizimini va undagi faunani boyitib beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
Sirdaryo o’zanidagi tuqayzorlari bilan ajralib turadi. Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo’lib, unda juda ko’p qushlar yig’iladi va manzarali ekoturistik obyekt bo’lib hisoblaniladi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin