Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə91/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Xo`jaligi. Jizzax viloyati o`zining mintaqaviy iqtisodiy tuzilmasiga ko`ra rivojlanib borayotgan agrar-industrial hudud hisoblanadi. Uning hissasiga respublika yalpi ichki mahsuloti qiymatining 2.5 %i sanoat ishlab chiqarishning 1.1%, xalq iste`mol mollarining 1.5, qishloq xo`jalik mollarining 5.4, investitsiya hajmining 1.8, qurilish ishlarining 2.5, savdo aylanmasi va pullik xizmatlarning 2.5, eksportning 0.6 va importning 0.3 % i to`g`ri keladi. Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibi esa quyidagicha (2009); sanoat ishlab chiqarish 6.5 %, qurilish 8.0%, qishloq xo`jaligi 39.7 %, transport va aloqa 6.4 %, savdo va umumiy ovqatlanish 5.4 %, soliqlar 5.9 % va boshqa sohalar 10.9 %. Kichik biznes yalpi hududiy mahsulotning 73.8 foizini ta`minlagan bo’lib, bu sohada iqtisodiyotda jami band bo`lganlarning 77.8 % xizmat qiladi.Uning hissasiga 99.9 % qishloq xo`jalik mahsuloti, 89.7 qurilish, 49.7 % savdo, 48.0 % pullik xizmatlar, 45.4 % asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va 37.4 % sanoat mahsuloti to`g`ri keladi. Kichik biznesni asosiy qismi xususiy tadbirkorlik faoliyatidan iborat.
Sanoati. Viloyatda jami sanoat korxonalarining soni 673 ta, shu jumladan yirik sanoat korxonalari 15 ta. Bu makroiqtisodiy sohada 9.1 ming kishi ishlaydi. Tarmoqlar tarkibida yengil va oziq-ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Mazkur tarmoq viloyat yalpi sanoat mahsulotlarining 70.6 % ini beradi. 2009-yilda 71.1 ming tonna paxta tolasi, 112.2 ming chigit, 7.7 ming tonna o`simlik yog’i, 52.1 ming t. un, 36.9 ming t. omuxta esa, 183 ming dona akkumlatorlar. Shuningdek, 201.4 ming t. go`sht va go`sht mahsulotlari, 24.4 ming t. sut, 550 tonna boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham olingan. Tog`-kon sanoati Qo’ytosh ( volfram, molibden), Marjonbuloq (oltin), Uchquloch (qo’rg’oshin, rux) va boshqa resurs shaharlarida tashkil etilgan. Xalq iste`mol mollarining 408 %i birgina viloyat markazi-Jizzax shahriga to`g`ri keladi. Qishloq tumanlari orasida Do`stlik, Jizzax, G`allaorol, Baxmal va Zomin tumanlari ajralib turadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin