4 marta so’raladi,
guruhiy (interfaol metodlar) orqali baholanadi.
Mustaqil ta’lim
1 marta (referat)
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 1 ta nazariy savolga yozma ish javobi baxosi (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.